AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat Kongressida impichment doirasidagi tekshiruv bo‘yicha ochiq eshituvlar yuzasidan amerikaliklarga murojaat qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
“Hozirda yuz berayotgan holat AQSh siyosati tarixidagi eng katta firibgarlik. Demokratlar sizning qurolingiz, tibbiy sug‘urtangiz, saylovlardagi ovozingiz, ozodligingiz, qo‘llab-quvvatlayotgan sudyalaringizni tortib olmoqchi. Biz bunga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz. Biz Vashington botqog‘ini quritish uchun kurashyapmiz, hozir aynan shu bilan mashg‘ulman”, — dedi Tramp.
Uning aytishicha, hozirda butun mamlakat taqdiri hal bo‘lmoqda.
“Hammasi juda oddiy: ular meni to‘xtatishga harakat qilmoqda. Men esa sizlar uchun kurashyapman va hech qachon bunga yo‘l qo‘ymayman”, — ta’kidlagan Tramp.
Izoh (0)