Samarqand shahri 3-noyabr, yakshanba kuni O‘zbekistondagi ilk Xalqaro xayriya yarim marafoniga mezbonlik qildi.
Marafon yo‘lagi Samarqand shahrining markaziy ko‘chalaridan o‘tadi. Yugurishga Registon maydoni yonida start berilib, finishi chizig‘i ham xuddi shu yerdan kesib o‘tildi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.
Yo‘nalish Xalqaro marafonlar va yugurishlar assotsiatsiyasi (AIMS) tomonidan tasdiqlangan.
21,1 kilometr yo‘nalishining o‘lchab chiqilishi AIMS’ning sertifikatlangan o‘lchagichi yordamida amalga oshirildi.
Musobaqada 12 yoshdan boshlab 2 kilometrgacha, 16 yoshdan boshlab 10 kilometrgacha va 18 yoshdan boshlab 21 kilometrgacha ishtirokchilar qatnashdi.
G‘oliblar ro‘yxati bilan tanishing:
2 kilometr
- 1-o‘rin. Xurshid Ahmadaliyev
- 2-o‘rin. Humoyon Mahmudov
- 3-o‘rin . Muhsinjon Abdulatipov
- 1-o‘rin. Dmitriy Ivanchutsov
- 2-o‘rin. Yevgeniy Fadeyev
- 3-o‘rin. Mixail Krassilov
- 1-o‘rin. Shohrux Davlatov
- 2-o‘rin. Andrey Petrov
- 3-o‘rin. Bekzod Safarov
Izoh (0)