• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12694.97
    • RUB161.6
    • EUR14878.5
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yelkasidan tutib, sinfdoshlarining oldiga sudrab bordi”. O‘zini kanalga tashlagan 15 yoshli qashqadaryolik o‘quvchi o‘limidan oldin izza qilingani aytilmoqda

    Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, joriy yil 19-oktabr kuni Qarshi tumanidagi 7-maktab o‘quvchisi 15 yoshli R.A. Qarshi bosh kanaliga tashlab o‘z joniga qasd qilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevga voqea tafsilotlarini aytib bergan guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, marhum R.A o‘limidan oldin sinf rahbari tomonidan o‘rtoqlari oldida izza qilingan.

    Mavzuga doir: Qarshida 15 yoshli yigit o‘z joniga qasd qildi

    Maktabning 6-“G” sinfida tahsil oluvchi Rustam Asqarovning aytishicha, voqea sodir bo‘lgan kuni marhum R.A.ni sinf rahbari Sabo Rashidova yelkasidan tutib, sinfdoshlari turgan zal tomon sudrab borgan. O‘quvchi buni o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini ta’kidlamoqda.

    — Domlasi yoqasidan ushlab aktiviy zalga sudrab ketayotgandi, u esa yig‘lab, ustozining qo‘lini siltab tashlardi, — deydi Rustam Asqarov. — Chap yuzlari qizargandi. Menimcha, ustozi urgan bo‘lsa kerak. Ammo urganini ko‘rmadim.

    Marhum o‘quvchining sinfdoshi Bekjon Sayfullayev esa R.A.ning haqorat qilingani, sinf rahbari tomonidan o‘rtoqlari tomon sudrab olib kelinganini rad etmoqda.

    — O‘sha kuni texnologiya faniga kirganimizda, 3-4 nafar sinfdoshlarimiz telefon tomosha qilishayotgandi, — deydi Bekjon Sayfullayev. – Borib qarasak, uyatsiz videolar ekan. Keyin bilsak, uyatsiz videolar bor telefon R.A.niki ekan.

    O‘quvchilarning ma’lumot berishicha, holat o‘qituvchilarga ma’lum qilingach, direktor o‘rinbosari Mehriniso Ravshanova hamda Sabo Rashidova 14 nafar o‘g‘il bolalar bilan suhbat olib boradi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Maktab hovlisida yurgan paytim 9-sinf qizlari kelib, “Sinfimiz o‘g‘il bolalari telefondan yomon narsalar ko‘rishyapti”, deb aytishdi, — deydi Mehriniso Ravshanova. — Xo‘p, sizlar darsga boraveringlar, o‘zim gaplashaman deb, ma’naviyatxonaga keldim. Kelsam, har ikkala ma’naviyatchi ham (direktorning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari nazarda tutilmoqda) yozuv yozayotgan ekan. Voqeani aytdim. Ular bayonnoma yozishayotganini aytishdi. So‘ng o‘sha — 9 “V” sinf rahbari Sabo Rashidovani olib, video ko‘rayotgan o‘g‘il bolalar yoniga bordik.

    Aytilishicha, Mehriniso Ravshanova hamda Sabo Rashidova 9 “V” sinf o‘g‘il bolalari yoniga borib, kimda telefon bo‘lsa barchasini yig‘ib olgan. 14 nafar o‘g‘il boladan 6 dona telefon chiqqan.

    Telefonlarni yig‘ib olib, nazoratdan o‘tkazgan o‘qituvchilarning ma’lum qilishicha, telefonlarning hech biridan pornografik mazmundagi videolar chiqmagan.

    — Telefonlarni yig‘ib olganimizdan so‘ng, kimning telefonida uyatsiz videolar borligini so‘radik, — deydi Sabo Rashidova. — Shunda hech kim javob bermadi. Jim turishdi. Keyin o‘quvchilarni qo‘rqitib, ma’lumotni bilib olish maqsadida Ruslan degan o‘quvchimga qarab, “Ruslanning dadasiga telefon qilay-chi” dedim. Shunda telefonni qo‘lga olganimni ko‘rgan Ruslan “Video sinfdoshimiz R.A.ning telefonida bor”, dedi. Shunda R.A. dan “shu rostmi” deb so‘radim. U “yo‘q” deya yig‘lay boshladi. Shunda telefonining “kod”ini ochib berishini so‘radim va telefonning ichini ko‘rdim. Ammo unday video yo‘q ekan.

    O‘qituvchining taxminicha, video unga kelgunga qadar o‘chirilgan.

    Ma’lum qilinishicha, o‘g‘il bolalar qilmishi sinfxonadagi muhokamadan so‘ng maktabning faollar zalida ham davom etgan. Zalda 14 nafar o‘quvchi maktabga telefon olib kelmasligini aytib, tushuntirish xati yozgan.

    Voqea guvohlari — Rustam Asqarov hamda ismini ochiqlamaslimizni so‘ragan maktab o‘qituvchisining aytishicha, marhum R.A. sinfxonadan faollar zaliga kelgunga qadar sinf rahbari tomonidan haqoratlangan, yuziga ikki marta tarsaki tushirilgan. Yelkasidan tortib, sudralgan.

    14 nafar o‘quvchi o‘qituvchisiga tushuntirish xati yozib bo‘lgach, R.A. sinfdoshlariga o‘zini kanalga tashlamoqchiligini aytgan.

    — Bekjon ismli o‘quvchim yonimga kelib, R.A. o‘zini kanalga suvga tashlamoqchiligini aytdi, — deydi Sabo Rashidova. — Shunda yuragim shuv etdi. Shu zahoti o‘quvchimning onasi Xurshidа Xolmatovaga qo‘ng‘iroq qilib, voqeani aytdim va tez yetib kelishini so‘radim.

    Marhum R.A.ning onasi Xurshida Xolmatovaning aytishicha, haqiqatan ham o‘sha kuni o‘qituvchisi qo‘ng‘iroq qilib, tez yetib kelishini, kelmaguncha o‘g‘lining telefonini qaytarib bermasligini aytgan.

    — Maktabga yetib bordim, borsam sinf rahbari o‘g‘limni o‘quvchilarning yonida uyaltirgan, — deydi R.A.ning onasi. — O‘g‘lim yig‘lagan, “telefonimning bering, bermasangiz o‘zimni o‘ldiraman” degan. Ammo o‘qituvchisi unga quloq solmagan va yelkasidan sudrab, tilxat yozib berishini so‘ragan. Buni hatto 6-sinfda o‘qiydigan qizim ham ko‘rgan.

    Xurshida Xolmatovaning ma’lumot berishicha, 6-sinf qizi o‘qishdan qaytgach, onasiga akasini sinf rahbari barchaning oldida uyaltirgani, yelkasidan tortib, sudraganini aytgan.

    — Qizim o‘qishdan kelib, “bugun akamni o‘qituvchisi sudrab, sinfdoshlarining oldida uyaltirdi, sababini akamdan so‘rang”, dedi. Ammo afsuski, u payt o‘g‘lim o‘lgan, qizim esa bundan endi xabar topgandi.

    Sabo Rashidova, Mehriniso Ravshanova hamda R.A.ning sinfdoshlariga ko‘ra, uning onasi maktabga kelgach, R.A. maktab hovlisidan qochib chiqib ketgan.

    — O‘g‘lim chopib chiqib ketgach, velosipedining oldiga borayotgan bo‘lsa kerak deb o‘yladim, — deydi marhumning onasi. – Men ham qaytaman deganimda, sinf rahbari “tilxat yozib berasiz” deb turib oldi. O‘sha yerda 3 daqiqa tortishdik.

    Mavzuga doir: Qashqadaryoda telefonidan behayo videolar topilgani uchun onasi maktabga chaqirilgan 15 yoshli o‘quvchi o‘z joniga qasd qildi

    Marhum R.A. maktab hovlisidan chiqib, to‘g‘ri kanalga ketgan. Buni bilgan 3 nafar sinfdoshi ham unga ergashgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    — Maktab hovlisidan R.A. bilan birga yugurib chiqdik, — deydi marhumning sinfdoshi Zohid Pardayev. — Shunda unga “velosipedingda meni ham olib ket”, dedim. U esa “buyoqqa ketayapman” deb kanal tomonni ko‘rsatdi. Shunda o‘qituvchimiz Sabo opaga R.A. kanalga ketganini telefon qilib aytdim. O‘qituvchimiz esa ortidan borishimizni tayinladi. Men ham 2 nafar sinfdoshim bilan uning ortidan ketdik.

    — O‘quvchimning kanalga ketganini eshitgach, avval onasiga, keyin bosh zavuchimizga qo‘ng‘iroq qildim, — deydi Sabo Rashidova.

    O‘quvchilarning aytishicha, kanal bo‘yiga borgan R.A. sinfdoshlarini uzoqdan ko‘rgach, o‘zini suvga otgan va bir sho‘ng‘ib chiqqan. Ular yaqinlashgach esa yana suvga sho‘ng‘igan va qaytib chiqmagan.

    7-maktab direktori Nodir Eshonqulovning ma’lumot berishicha, o‘quvchining kanalga ketganidan xabar topishgach, o‘rinbosarlari bilan birga kanal bo‘yiga borgan va o‘quvchini izlagan. Hudud profilaktika inspektoriga xabar bergan. Borishsa, marhumning onasi kanal bo‘yida yig‘lab o‘tirgan. Marhumning jasadi MChS xodimlari tomonidan 2 soatdan so‘ng suvga sho‘ng‘igan joyidan 40-50 metr naridan topilgan.

    Maktab rahbariyati va o‘qituvchilarning ta’kidlashicha, R.A. voqeadan bir yil ilgari ham telefonida pornografik mazmundagi video olib yurgani uchun maktab yetakchisi tomonidan qattiq ogohlantirilgan.

    Marhumning sinfdoshlari R.A. o‘sha voqea sodir bo‘lgandan so‘ng sinfdosh qizdan pul so‘ragani, arqon sotib olib, o‘zini osmoqchi ham bo‘lganini aytmoqda.

    — U o‘sha kuni o‘zini osmoqchi bo‘lgani, kanalga tashlamoqchi bo‘lganini bir necha marta aytgandi, — deydi marhumning sinfdoshlari.

    Maktab psixologi Alfiya To‘lliyevaning aytishicha, marhum R.A.da suitsidga moyillik sezilmagan.

    Marhumning yaqinlari uning o‘limida maktab o‘qituvchilari va rahbariyatini ayblamoqda. Ular shu boisdan ham marhumning sinfdoshlariga gap o‘rgatib, aybini yopishga harakat qilishmoqda.

    Xurshida Xolmatova. Foto: “Daryo”

    Xurshida Xolmatova. Foto: “Daryo”

    — O‘g‘limning janozasiga kelgan o‘qituvchilarning aytishicha, Sabo Rashidova o‘quvchilarining uyiga borib, “o‘qituvchimiz sinfdoshimizni urmagandi, sudramagandi”, deb tilxat yozdirib, gap o‘rgatayotgan ekan, — deydi Xurshida Xolmatova. — O‘ylaymanki, adolat qaror topadi. Men esa haqiqatning tagiga yetaman.

    Eslatib o‘tamiz, hozirda mazkur holat yuzasidan Qarshi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    03.11.2019, 15:18   Izoh (0)   112848
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarida qor yog‘di (foto)

    03.11.2019, 14:36

    Turkiya harbiy mutaxassislari Nukusda trening mashg‘ulotlarini o‘tkazdi (foto) 

    03.11.2019, 13:34

    O‘zbekistonda ishsiz ayollar 1-dekabrgacha ishga joylashtiriladi

    03.11.2019, 13:13

    Qashqadaryoda “Gazel” va Lacetti to‘qnashuvi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi, 6 kishi og‘ir jarohat oldi

    03.11.2019, 12:31

    Toshkentdagi Botanika bog‘ida kuzatuv kameralari o‘rnatiladi

    03.11.2019, 12:17

    Nogironligi bo‘lgan yoshlar o‘rtasida rasm chizish bo‘yicha respublika ko‘rik tanlovida barcha qatnashchilar g‘olib deb topildi (foto)

    03.11.2019, 11:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda ichki aviareyslar uchun elektron hujjatlar bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin bo‘ldi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:34

    Haj-2025 mavsumida 8 nafar o‘zbekistonlik Saudiya Arabistonida vafot etdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 12:12

    Mualliflik qo‘shig‘i bitiruvchilar madhiyasiga aylangan xonanda Ravshan Sobirov 50 yoshda

    Madaniyat | 1 iyul, 11:59

    Ilon Mask yangi partiya tuzish bilan tahdid qildi. Tramp javob qaytardi

    Dunyo | 1 iyul, 11:55

    “Har yerni qilma orzu” — Gollivud yulduzlari kino olami va mashhurlik ortidagi razilliklar haqida

    Kino | 1 iyul, 11:41

    Pep Gvardiola “Al-Hilol”dan uchralgan mag‘lubiyat sababini aytdi

    Sport | 1 iyul, 11:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.