3-noyabr kuni Qoraqalpog‘istonning ayrim hududlarida qor yog‘di. Bu haqda qoraqalpog‘istonlik jurnalist Qunduz Jumagaliyeva ma’lum qildi.
“Qoraqalpog‘istonda birinchi qor yog‘di. Albatta ajoyib, lekin ustyurtliklar bundan xursand emas. Odamlar ‘qancha ishimiz qolib ketdi’, deyapti”, — deydi Qunduz Jumagaliyeva.
Avvalroq, O‘zgidromet O‘zbekistonga 3—5-noyabrda G‘arbiy Qozog‘iston orqali Ural hududlari (Yekaterinburg) ustida shakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib kelishi haqida xabar bergan edi.
Izoh (0)