• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Metrodagi Humo, Bag‘doddan kelgan bolalarimiz, makkajo‘xori mashmashasi, Yamanni yomon qilganlar

    “Daryo” saytida  haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini keltiramiz.

    Dunyoning eng shinam metropolitenlaridan biri bo‘lgan Toshkent metropoliteni yanada qulaylashtirildi. Metroda yurishdan maqsad vaqtni iqtisod qilishdir. Ammo navbatda turib jeton olish va turniketga solish bu tejalgan vaqtni ba’zan yo‘qqa chiqarayozadi. O‘tgan hafta Toshkent metropolitenining 21 ta stansiyasida kontaktsiz to‘lov, ya’ni Humo plastik kartasi orqali yo‘lkira to‘lash dasturi nihoyasiga yetkazildi. Hozir metropolitenning “Buyuk ipak yo‘li”, “Amir Temur xiyoboni”, “Mustaqillik maydoni”, “Paxtakor”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Chilonzor”, “Beruniy”, “Minor”, “Abdulla Qodiriy” bekatlarida karta yordamida to‘lash tizimi yaratilgan.

    Eslatib o‘tamiz, Toshkent metrosi 1977-yilda ochilgan bo‘lib, hozir bir kunda 200 ming nafargacha yo‘lovchini tashiydi.

    * * *

    Hafta qayg‘uli voqealari Samarqand va Andijonda fuqarolarning ovqatdan zaharlanishidir. 7-oktabr kuni Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga 24 fuqaro keltirildi. Bemorlarni umumlashtirib turuvchi fakt ular bir kun oldin Samarqand shahri Siyob dehqon bozori hududida joylashgan “Baxtiyor” MChJga qarashli xotdog tayyorlash shoxobchasidan xotdog va shaurma mahsulotlarini iste’mol qilishganidir. Falokat bir kelsa qo‘sha keladi, deganlariday, 10-oktabr kuni ham Samarqanddagi ikkita bog‘chaning bolalari ovqatdan zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. Ma’lum bo‘lishicha, bu MTMlar oziq-ovqat ta’minotida autsorsing xizmatidan foydalanadi, ya’ni ovqatni o‘zi pishirmay chetdan olib keladi.

    8-oktabr kuni Andijonda 27 kishi ovqatdan zaharlandi. Ularning asosiy qismi tug‘ilgan kunni nishonlash mobaynida tort yeb kasalga chalingan maktab o‘quvchilaridir.

    * * *

    Ravshan Komilov bu haftada internet qahramoniga aylandi. Uning ishtirokidagi videolar qayta-qayta ulashildi, minglab izohlar yozildi. U xonanda Ravshan Komilov emas, Qashqadaryoning Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilovdir.

    Hokimbobo daladan o‘g‘rincha makkajo‘xori olib mashinasiga solayotgan boshqa bir boboni sensirab qattiq dashnom bergan. “Nevaralaringni ham o‘g‘irlikka o‘rgatyapsanmi? Vijdoning chirisin seni. Padaringga la’nat. Ochingdan o‘l undan ko‘ra. Ishla, mehnat qil, sotib ol!” deb ta’na qilgan. “Daryo” muxbiri voqeaning tagiga yetish uchun Mirishkorga bordi. Videoni tuman hokimining o‘zi olib tarqatgani ma’lum bo‘ldi. Hokimning aytishicha, bu makkajo‘xorining juda qimmat navi bo‘lib, urug‘ining kilosi 1 dollardan oshiq turadi. Ravshan Komilov tuman eksporti uchun qayg‘urib, “o‘g‘ri bobo”ni tergaganini aytdi hamda qo‘pol so‘zlari uchun xalqdan uzr so‘radi.

    Mavzuga doir:

    “Bobo aybdor!” - “Yo‘q, hokim aybdor!” Ijtimoiy tarmoqlar Mirishkor hokimi va makkajo‘xori “o‘g‘risi” haqida

    * * *

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Oxirgi vaqtda ketma-ket mag‘lubiyatlari bilan muxlislar hafsalasini pir qilayotgan O‘zbekiston MTJ nihoyat barchaning yuziga quvonch ulashdi. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi JCh—2022 saralashining ikkinchi bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Yamanga qarshi bahsda yirik hisobda zafar quchdi. Bosh murabbiy Vadim Abramov o‘yindan so‘ng “Juda qiyin vaziyatda edik, natija o‘yinga mos bo‘ldi”, dedi. Yaman terma jamoasi bosh murabbiysi esa o‘zbekistonliklarning g‘alabasiga tajribani sabab qilib ko‘rsatdi.

    * * *

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ashxobodda 11-oktabr kuni MDH davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi, Turkmaniston, Tojikiston, Moldova prezidentlari, Armaniston bosh vaziri bilan uchrashdi. 2020-yilda MDHga raislik O‘zbekistonga o‘tadi. Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning MDHga raisligi davomida asosiy e’tibor nimalarga qaratilishini ma’lum qildi. Buning uchun maxsus konsepsiya ishlab chiqilgan.

    * * *

    AOKA direktori Komil Allamjonov Samarqandda YeXHTga a’zo mamlakatlar elchilari ishtirokidagi O‘zbekistonda so‘z va matbuot erkinligiga bag‘ishlangan xalqaro davra suhbatida so‘zlagan nutqi matbuotimizning holatiga doir qator e’tiroflarga boy bo‘ldi.

    Komil Ismoilovich, jumladan, “O‘zbekistonda qariyb 25 yil davomida amalda yopiq va kuchli senzuradan ozodlikka chiqqan matbuot barchani esankiratib qo‘ydi. Avvaliga jurnalistlar tajribasizlikdan qiynalgan bo‘lsa, davlat va hokimiyat organlari ular tomonidan ko‘rsatilgan achchiq haqiqatni hazm qila olmadi”, deb aytdi. U nutqida O‘zbekistonda matbuot erkin emas, so‘z erkinligi yo‘q, deb gapirayotganlarga bu ishlar bir kunda amalga oshmasligini aytdi va bunga tashqaridan turib qat’iy va keskin baho bermaslikni so‘radi. “Rim bir kunda qurilmaganidek, o‘zbek matbuoti ham haqiqiy 4-hokimiyat darajasiga yetishiga hali vaqt kerak va biz buni yaxshi tushunamiz”, — deb fikrini xulosaladi AOKA rahbari.

    * * *

    May oyidagi “Mehr” operatsiyasida Yaqin Sharqdagi janggohlardan O‘zbekiston fuqarolari qaytarilgani esingizda bo‘lsa kerak. O‘tgan hafta “Mehr 2” operatsiyasi yakunlandi. O‘tgan safar fuqarolarimiz Damashqdan olib kelingan bo‘lsa, bu gal Bag‘doddan keltirildi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra maxsus tuzilgan ishchi guruh Iroq hukumati va UNICEF bilan hamkorlikda Iroqda og‘ir sharoitda qolgan 64 nafar bolani O‘zbekistonga qaytardi. O‘zAning xabar berishicha, “Mehr 2” insonparvarlik operatsiyasi doirasida O‘zbekistonga olib kelingan 39 nafar o‘g‘il va 25 nafar qiz bolaning orasida 14 nafar 3 yoshgacha bo‘lgan hamda ikki nafar ota-onasidan ayrilgan bolalar bor.

    Keltirilgan bolalarning aksariyatining ota-onasi halok bo‘lgan yoki Iroq qamoqxonalarida jazo o‘tamoqda.

    Eslatib o‘tamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev avvalroq Yaqin Sharqdan qaytarilgan vatandoshlarimiz haqida to‘xtalib “Uyat bo‘lsa ham aytish kerak, 156 nafar Suriyaga ketganlar nima uchun ketgan? Kimni izlab ketgan? Tan olish kerak, biz ularga sharoit yaratib bermaganimiz uchun ketgan!..”, degan edi.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor bo‘ling.

    13.10.2019, 18:16   Izoh (0)   87847
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda bir necha kishiga Nexia-3’ni sotishga uringan firibgar qo‘lga olindi

    13.10.2019, 16:21

    Andijonda mashinalarni “tonirovka” qilish uchun soxta ruxsatnoma tayyorlagan shaxslar qo‘lga olindi

    13.10.2019, 14:47

    Senat: Mehribonlik uylarini tamomlagan yoshlarning 44,1 foizi ishsiz

    13.10.2019, 14:05

    O‘zbekistonda shakar narxi oshadimi?

    13.10.2019, 13:23

    Nodira Qodirovaning akasi: “Deputat Shirin Unal menga pul taklif qildi”

    13.10.2019, 12:41

    Farg‘ona viloyati O‘zbekistonda birinchi bo‘lib paxta topshirish rejasini bajardi

    13.10.2019, 12:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.