Qashqadaryoda daladan ruxsatsiz makkajo‘xori tergan keksa kishini ushlab, uni nevaralari oldida haqorat qilgan Mirishkor tumani hokimi Ravshan Komilov bu xatti-harakati uchun uzr so‘radi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev xabar bermoqda.

Tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, ularning mehnatini inobatga olgan olgan holda Ispaniya davlatidan makkajo‘xori urug‘ini olib keldik. Bir gektardan o‘n tonnadan makkasi tayyor turibdi. Lekin tumanimizning eksport salohiyati haqida men qayg‘urmasam, kim qayg‘uradi? Hokim sifatida men buni ham o‘ylashim kerak, tadbirkorni ham o‘ylashim kerak.

To‘g‘ri, inson sifatida, jahl ustida fuqaroga nisbatan haqorat so‘zini ishlatib qo‘ydim. Hokim sifatida, rahbar sifatida bu so‘zni ishlatmasligim kerak edi. Shuning uchun xalqimizdan qo‘limni ko‘ksimga qo‘yib uzrimni so‘rayman. Bu xato-kamchiligimni boshqa qaytarmayman, deb va’da beraman.

Ravshan Komilov, Mirishkor tumani hokimi

Ma’lumot uchun, Mirishkor tumani hokimi jo‘xori terayotgan bobo va uning nevaralarini ushlab olib, boboni haqorat qilgani holati yuzasidan Qashqadaryo prokuraturasi tekshirish harakatlari olib borayotgani ma’lum bo‘lgan edi.