Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot ShamsutdinovNamangan viloyatida budjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi holati yuzasidan bayonot berdi.
Namangan viloyati Pop tumanidagi 15-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida amalga oshirilgan qurilish ishlari qayta nazorat o‘lchovidan o‘tkazilganda, qurilish ishlarini olib borgan “Ziyo S” qurilish korxonasi tomonidan hujjalarni qalbakilashtirish orqali jami 78 million so‘mlik budjet mablag‘lari talon-toroj qilinganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan qurilish korxonasi rahbariga nisbatan JKning 167-moddasi 2-qismi “a, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)