• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12410.99
    • RUB158.38
    • EUR14237.89
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda ayollar to‘lanmagan kompensatsiya sabab ochlik e’lon qilgani aks etgan video tarqalgan edi. Ushbu video aslida yozda tasvirga olingani, undagi muammo allaqachon hal etilgani ma’lum bo‘ldi

    17-sentabr, seshanba kuni “Ozodlik” radiosi o‘z Telegram kanalida “Uyi kompensatsiyasiz buzilgan andijonliklar hokimlik oldida ochlik e’lon qildi” nomli maqola va videorolik joylashtirdi, deb yozadi “Aniq.uz”.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Maqolada Andijon viloyati Baliqchi tumani “Iftixor” mahallasida yashovchi o‘nlab odam uyi buzilganlarga hokimiyat tomonidan tovon puli berilmayotganidan norozi bo‘lib, 16-sentabr kuni tuman hokimligi binosi oldida to‘planganligi ta’kidlangan. Videorolikda esa norozilar ochlik e’lon qilgani, kompensatsiya berilmagunicha ochlikni to‘xtatmasliklarini aytgan.

    Ma’lum bo‘lishicha, ushbu videorolikdagi shaxslar Baliqchi tumani Chinobod shaharchasi “Iftixor” MFY Oydin ko‘chasidagi 65-sonli 2-qavatli umumiy uyda istiqomat qiladi.

    Mazkur videorolik tuman hokimligi binosi oldida emas, balki shu yilning taxminan 27-iyul kuni Baliqchi tumani Oydin ko‘chasida tasvirga olingan bo‘lib, uning nusxasi ishtirokchilarda mavjud.

    Joriy yilning 16-sentabr kuni Baliqchi tumanida hech qanday to‘planish yoki “norozilik aksiyasi” sodir etilmagan.

    Ta’kidlash lozimki, yuqoridagi 65-sonli umumiy uy o‘rnida ilgari 18 ta xo‘jalik yashagan barak tipidagi 1 qavatli umumiy uy bo‘lgan. Mazkur uy binosi ma’nan eskirganligi sababli, ushbu joyda yashovchi aholining talabi bilan 2018-yilda tuman hokimligi tomonidan buzilib, o‘rniga 16 ta xo‘jalikka mo‘ljallangan 2 qavatli 65-sonli umumiy uy va 2 ta xo‘jalik uchun alohida-alohida kottej bank krediti asosida qurilgan va foydalanishga topshirilgan.

    Hozirda ushbu uylarda 49 nafar fuqaro istiqomat qilayotgan bo‘lib, har bir xonadon oila a’zolari soniga qarab oyiga 500-700 ming so‘m kredit uchun to‘lovlarni amalga oshirishi belgilangan.

    Shu bilan birga, mazkur umumiy uyda yashovchi 5 ta kam ta’minlangan xo‘jalik uchun dastlabki kredit to‘lovi davlat tomonidan qoplangan.

    Biroq, shu yilning 29-iyul kuni soat 18:00 larda qayd etilgan umumiy uyda yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan Abdurahmon Sirojiddinov boshchiligida 15 nafar fuqaro “Baliqchi—Andijon” avtoyo‘lidan “Oydin” ko‘chasiga muyulishiga chiqib, 2018-yilda buzilgan uylari uchun kompensatsiya talab qilgan. Talablari bajarilmasa, mazkur jarayonni videotasvirga olib, “Ozodlik” radiosiga yuborishini po‘pisa qilgan.

    Yuzaga kelgan holat bo‘yicha tuman hokimligi, IIB, Xalq qabulxonasi va boshqa tashkilotlar tomonidan norozilik bildirgan shaxslar bilan muzokaralar olib borilib, tuman hokimi tomonidan har oyda to‘lanadigan kredit to‘lovi ma’lum muddatga hokimlik hisobidan amalga oshirilishi aytilgan.

    Shundan so‘ng, fuqarolarning eski buzilgan uylari uchun kompensatsiya pullarini to‘lab berish talabi bo‘yicha, tuman hokimligi vakillari ulardan eski uylarining kadastr xujjatlarini taqdim etishni so‘ragan. Boisi “barak”da yashaganlarning bir qismida egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi edi.

    Yengillik yaratish maqsadida tegishli kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib bo‘lgunga qadar, “Qishloq qurilish bank” tuman bo‘limiga fuqarolardan kredit to‘lashni talab qilmaslik yuzasidan ko‘rsatma berilgan.

    Joriy yilning 10-sentabr kuni mazkur umumiy uyda yashovchi, 1961-yilda tug‘ilgan Muborakxon Muhiddinova (videorolikda so‘zlagan ayol) MFY raisi A.To‘ychiyevga yashayotgan xonadoni uchun kadastr hujjatlarini tayyorlashda yordam berishini so‘ragan. Aks holda u A.Sirojiddinov bilan birga norozilik uyushtirishini ma’lum qilgan.

    Shundan so‘ng tuman hokimligi vakillari M.Muhiddinova bilan profilaktik suhbat o‘tkazib, uyining kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berishni o‘z zimmasiga olgan. Vaziyatdan foydalangan 1986-yilda tug‘ilgan Malohat Isoqova (qayd etilgan umumiy uyda yashovchi, Turkiyada mavsumiy ishlagan, turmushdan ajrashgan ayol) hokimiyat vakillariga zimdan ta’sir o‘tkazishni ko‘zlab, eski videorolik nusxasini “Ozodlik” radiosiga yuborgan.

    O‘z navbatida joriy yilning 17-sentabr kuni viloyat va tuman hokimligi vakillari videorolikda tasvirga tushgan shaxslar hamda yuqoridagi umumhovlida yashovchi aholi vakillari bilan suhbat o‘tkazgan. Shuningdek, yuzaga kelgan muammoni ijobiy hal etish bo‘yicha o‘zaro kelishib olgan.

    Suhbat davomida qayd etilgan uyda yashovchi fuqarolar ijtimoiy tarmoqda e’lon qilingan maqola noto‘g‘ri va videorolik eski ekanligini ta’kidlab, o‘zlariga ko‘rsatilayotgan yordamdan minnatdor ekanliklarini, e’tirozlari yo‘qligini ma’lum qilgan.

    https://www.facebook.com/Sherzod.Qosimov.1234/videos/521596388616888/

     

    Mavzuga doir: Andijonda ayollar to‘lanmagan kompensatsiya sabab ochlik e’lon qildi (video)

    18.09.2019, 23:44   Izoh (0)   27509
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganlik tadbirkor o‘zi o‘qigan maktabga 25 ta televizor sovg‘a qildi. Biroq nomi oshkor etilishini istamadi

    18.09.2019, 23:30

    Ta’tilda maktab o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb qilgan qashqadaryolik direktorlar jazolandi

    18.09.2019, 23:14

    Xivada “Raqs sehri” xalqaro festivali yakunlandi (foto)

    18.09.2019, 22:58

    O‘zbekistonda eski namunadagi tanga va banknotlar muomaladan chiqariladi

    18.09.2019, 22:44

    Qashqadaryo Bandlik boshqarmasi majburiy mehnat haqida xabar bergan mahalliy OAVlardan ko‘ra xorij axborotiga ko‘proq e’tibor berganini tan oldi

    18.09.2019, 22:29

    O‘zbekistonda neft qazib olish va benzin ishlab chiqarish hajmi pasayishda davom etmoqda

    18.09.2019, 21:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyadagi ko‘cha musiqasi festivalida 145 kishiga shpris sanchib ketildi

    Dunyo | 24 iyun, 14:49

    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi

    Reklama | 24 iyun, 13:30

    “Manchester Siti” jiddiy yo‘qotishga uchradi

    Sport | 24 iyun, 14:42

    Tashqi savdo: O‘zbekiston chet el bilan nimalarni ko‘proq oldi-sotdi qilmoqda?

    Iqtisodiyot | 24 iyun, 14:34

    “Oilangizni tuproq bilan ko‘mib tashlaymiz”: Isroil Eron generallariga tahdid qilgani aniqlandi

    Dunyo | 24 iyun, 14:25

    Qashqadaryoda sudlangan YPX inspektorlari uch oy davomida o‘z vazifasini bajarmaslik evaziga pora olib kelgan

    O‘zbekiston | 24 iyun, 14:11

    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

    Reklama | 24 iyun, 12:14

    Kamingo oddiy velosipedni elektr velosipedga aylantiradigan motorni taqdim etdi

    Layfstayl | 24 iyun, 13:50

    “Arsenal” katta summaga hujumchi sotib olmoqchi

    Sport | 24 iyun, 13:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.