Amerikaning Jeksonvil shahrida yashovchi Patrik Elrij yaqinlashib kelayotgan “Dorian” to‘foni Smart avtomobiliga zarar yetkazishidan qo‘rqib, mashinani oshxonasiga yashirdi, deb yozadi Meduza.
Elrijning garajida rafiqasining avtomobili turargandi. U tartibsizlikni bartaraf etib, avtomobiliga joy ochishni istamay, avtomobilini uyi oshxonasiga kirish eshigi orqali olib kirgan.
“Umid qilamanki, shamol tinishi bilan turmush o‘rtog‘im mashinasini tashqariga olib chiqadi. Oshxonada joy bor, harakatlanishimga xalaqit bermayapti, biroq mening itlarim nima bo‘layotganiga tushunmayapti”, — deydi Jessika.
Izoh (0)