• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-sentabr, juma kuni qishloq xo‘jaligini 2020—2030-yillarda rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Mamlakat qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ulkan salohiyatga ega. Bozorlarimiz to‘kin, xalqimiz rizqi mo‘l-ko‘l bo‘lishidan tortib eksportdan qo‘shimcha daromad topishgacha bo‘lgan juda ko‘p masalalar shu soha bilan bog‘liq.

    Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligini isloh qilish va bozor mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi. Davlat xarid narxlari qariyb 3 barobarga ko‘paytirilgani natijasida manfaatdorlik oshdi. Paxtachilik va g‘allachilik hashar emas, chinakam daromad manbaiga aylandi.

    Yangi texnologiya va innovatsiyalarni joriy qilish, mehnat unumdorligi va ish haqini oshirish maqsadida 76 ta paxta-to‘qimachilik klasteri tashkil etildi”, — deyiladi xabarda.

    Joriy yilning o‘zida 25 ming gektar paxta maydonlarida suv tejovchi yangi sug‘orish tizimi joriy qilindi. Foydalanishdan chiqqan 1 million 100 ming gektar yerni qayta ishga kiritish bo‘yicha sa’y-harakatlar boshlandi.

    Bular, albatta, yaxshi natijalar, lekin mazkur ishlar — islohotlarning birinchi bosqichi.

    Prezident faqat bugunni emas, balki ertangi kunni ham o‘ylab, uzoqni ko‘zlab islohotlarni yangi bosqichga ko‘tarish vazifasini qo‘ymoqda. Shu maqsadda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020—2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi ishlab chiqilmoqda. Bu iqtisodiyotning asosiy o‘sish nuqtasi, “drayveri” bo‘ladi. Ming-minglab ish joylari yaratiladi, odamlarning daromadi oshadi.

    Yig‘ilishda mazkur strategiyani amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan muhim vazifalar belgilab berildi.

    Bunda, avvalo, qishloq xo‘jaligi yerlarining aniq hisobini yuritish, ulardan foydalanishni takomillashtirish lozimligi qayd etildi. Shundan kelib chiqib, “Yergeodezkadastr” qo‘mitasiga 2021-yil oxirigacha respublikaning barcha hududlarida yerni hisobga olish ishlarini yakunlash, yer hisobini yuritish bo‘yicha yagona elektron bazani yaratish topshirildi.

    Qayd etilganidek, unumdorlikni oshirishga, ko‘p yillik mevalar yetishtirishga intilishi uchun yer egalarining ertangi kunga to‘la ishonchi bo‘lishi kerak. Shu bois, prezident qonunchilikni qayta ko‘rib chiqib, yer ajratishning shaffof tizimi va yerga bo‘lgan huquqning kafolatlanishini ta’minlash zarurligini ta’kidladi.

    “Qishloq xo‘jaligida suvdan to‘g‘ri foydalanish ham juda muhim masala. Tahlillarga ko‘ra, yurtimizda ekin maydonlariga milliardlab kub metr suv yo‘naltirilsa-da, uning faqat 60 foizi ekinlarga yetib boradi, 40 foizi sug‘orish tizimlarida va sug‘orish jarayonida yo‘qotiladi.

    Jahon suv resurslari instituti taxminlariga ko‘ra, 2040-yilga borib O‘zbekiston suv o‘ta tanqis bo‘lgan 33 mamlakat qatoridan joy olishi mumkin.

    Shu bois davlat rahbari bu masalaga alohida e’tibor qaratib, suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va uning hisobini yuritish, har yili 200 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilib borish zarurligini ta’kidladi. Ushbu yo‘nalishlar ishlab chiqilayotgan strategiyada o‘z aksini topishi kerakligi aytildi”, — deyiladi xabarda.

    Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va davlat xaridlari tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilinar ekan, budjet mablag‘larining asosiy qismini yerlarning unumdorligini oshirish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish, ilm-fanni rivojlantirishga sarflash lozimligi ko‘rsatib o‘tildi.

    Sohaning eksport salohiyatini oshirish va qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish masalalariga alohida ahamiyat qaratilib, bu boradagi jahon tajribasi tahlil qilindi.

    Masalan, Turkiyada 1 gektar yerdan 2 ming dollarlik, Misrda 8 ming dollarlik, Isroilda 12 ming dollarlik mahsulot yetishtiriladi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 300 dollardan oshmayapti. Doim bir xil standartdagi tovar yetkazib berish yo‘lga qo‘yilmagani sababli mahsulotlar tashqi bozorda raqobatlasha olmayapti.

    Yig‘ilishda mutasaddilarga mahsulotlarni Yevropa Ittifoqi, Sharqiy Osiyo va arab mamlakatlari standartlari asosida sertifikatlash tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Bu borada tomorqa xo‘jaliklari ham katta rezerv ekani, “bir mahalla — bir mahsulot” tamoyili asosida joylarda logistika xizmati va kooperatsiya tizimini keng joriy qilish lozimligi qayd etildi.

    Xizmat ko‘rsatish borasida ham kamchiliklar mavjud. Masalan, bu tizimda raqobat yo‘qligi sababli xizmatlar narxi yuqori, mahsulot ishlab chiqaruvchining tanlash imkoniyati yo‘q.

    Shuning uchun mineral o‘g‘itlarni yetkazib berish, o‘simliklarni himoya qilish, texnika va boshqa xizmatlar sohasida davlat-xususiy sheriklik asosida xizmat turlarini ko‘paytirish, xususiy korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish zarurligi ta’kidlandi.

    Joriy yilda boshlangan yerni kosmik zondlash orqali tuproq va ekinlarning haqiqiy holatini tezkor va ishonchli baholash ishlarini 2020-yil yakuniga qadar to‘liq oxiriga yetkazish darkor. Bu tizim vegetatsiya jarayoni, tuproqning meliorativ holati va minerallashuv miqdori, namlik darajasi haqida to‘liq ma’lumotlarni berib, hosildorlikni 25—30 foizga oshirish imkonini beradi.

    Mutasaddilarga ekinlarni joylashtirishdan tortib, sotuvgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq raqamlashtirish tizimini joriy etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

    Yuqoridagi vazifalar bajarilishini samarali tashkil etish uchun eng avvalo malakali kadrlar kerak. Xalqaro tajriba asosida sohaga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlarida o‘qitishning yangi metodikasini tatbiq etish, professor-o‘qituvchilar ishtirokida sayyor o‘quv darslari hamda seminarlar tashkil etish muhimligi qayd etildi.

    Ilmiy-tadqiqot institutlarida ertapishar mahsulot turlari va hududlar iqlimiga mos chorva zotlarini yaratish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berildi.

    Umuman olganda, yangi strategiya qishloq xo‘jaligiga bozor mexanizmlarini joriy qilib, ilmiy asoslangan ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksportni ko‘paytirish, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan mahsulotlar hajmini bir necha barobarga oshirishga xizmat qiladi, deyiladi xabarda.

    06.09.2019, 18:37   Izoh (0)   27213
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda hokimlik o‘z gazetasini qo‘llab-quvvatlash uchun 80 mln so‘m ajratdi

    06.09.2019, 16:52

    O‘zbekistonda paxta terimi boshlandi

    06.09.2019, 16:16

    Toshkentdagi xonadonda dazmol nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘in yuz berdi

    06.09.2019, 15:31

    “Ofitsiantlar qo‘pol mijozlarning ovqatiga tupurib berishini eshitganman”. Ofitsiant yigit hikoyasi

    06.09.2019, 15:15

    Haj ziyorati vaqtida farg‘onalik fuqaro vafot etdi

    06.09.2019, 14:55

    “Toshshahartransxizmat” qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan avtobus haydovchilariga chora ko‘rdi

    06.09.2019, 14:38
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BMT Falastin davlati qurilishida yordam berishini ma’lum qildi

    Dunyo | 27 iyul, 18:30

    Avstriyada 400 ga yaqin yo‘lovchi qorong‘i tunnelda 6 soat qolib ketdi

    Dunyo | 27 iyul, 17:50

    “Real Madrid” 5 nafar futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor

    Sport | 27 iyul, 17:46

    Tailand va Kamboja o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Tramp vositachiligiga qaramay davom etmoqda

    Dunyo | 27 iyul, 17:06

    O‘zbekistonning qaysi hududida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 16:38

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.