• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Ofitsiantlar qo‘pol mijozlarning ovqatiga tupurib berishini eshitganman”. Ofitsiant yigit hikoyasi

    “Daryo” ijtimoiy hayotda o‘z o‘rniga ega, biroq jamoatchilik e’tiboridan ko‘pincha chetda qoladigan kasb egalari bilan suhbat qilmoqda. “Soyadagi odamlar” loyihasining bu galgi qahramoni ofitsiantlik qilayotgan yigit.

    Suhbatdoshimizning iltimosiga ko‘ra, ism-sharifi hamda shaxsini oshkor etishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar o‘zgartirildi.

    13 yoshimdan beri ofitsiantlik qilaman

    Ismim Bekzod. Yoshim 21 da. Asli surxondaryolikman. Ro‘zg‘or yuki gardanimga juda erta tushgan. Shuning uchun hali bola bo‘lsam-da, ko‘proq pul topib oilamni boqishimga to‘g‘ri kelgan.

    Foto: “Unsplash.com”

    Foto: “Unsplash.com”

    Bolaligimda ko‘chamizning boshida burger shoxobchasi bo‘lardi. Buvijonim  meni har kuni o‘sha yerga olib borib, xotdog olib berardi. Bu yer bilan bog‘liq iliq xotiralarim juda ko‘p. Bolaligim deyarli shu yerda o‘tgan. Sababi 13 yoshimdan o‘sha yerga ofitsiant bo‘lib ishga kirganman. Bu qadamim keyingi 10 yillik hayotimni belgilab berdi, desam xato bo‘lmaydi. Keyin o‘qishni bitirib Toshkentga keldim. Tabiatan juda kirishuvchan yigitligimgami yoki chet tillarini yaxshi bilganimgami, poytaxtda ham ish topishim muammo bo‘lmadi. Mana sakkiz yildan beri ofitsiantlik qilib pul topaman.

    Ofitsiantlarga qanday haq to‘lanadi?

    Hamma joyda ofitsiantlarga har xil usulda pul to‘lanadi. Masalan, u savdo qilgan summasining ma’lum bir foizini olishi mumkin yoki bir kunlik puli aniq belgilanadi. Kunlik pul to‘lanishi bir tomondan yaxshi, sababi qahvaxonaga odam kelsa, kelmasa, o‘sha pulni olaverasiz. Lekin bitta yomon tarafi, agar restoranga odam ko‘p kelgudek bo‘lsa, foizingiz belgilangan puldan 2-3 barobar ortib ketishi mumkin.

    Menimcha, eng muqobil variant - kunlik to‘lov. Shuning uchun “Milliy taomlar”dan tashqari aksariyat joylarda shunday usuldan foydalanishadi. Odatda ofitsiantlar 12 soatdan ko‘p ishlaydi. Kunlik to‘lovi ayni paytda Toshkentda 50 mingdan 70 minggacha. Undan tashqari, choy puli ham ofitsiantning yoniga qoladi.

    “Yaxshi gapirib, ularning pulini olish kerak”

    Restoranda 10 ming, hatto 50 dollarlab choy puli tashlab ketganlar ham bo‘ladi. Bir kunda eng ko‘pi bilan 100 dollargacha, yo‘q deganda 70 ming so‘m atrofida choy puli olaman. Bir tarafdan, bu ofitsiantning o‘zigayam bog‘liq deb o‘ylayman. Chunki u qanday xizmat qilsa, shunga yarasha choy puli oladi.

    Misol uchun, shunday jahldor mehmonlar bo‘ladiki, ofitsiant qancha yaxshi qaragan bo‘lsa ham bir so‘m choy puli qoldirmaydi. Ba’zida hech qaysi ofitsiant chiqisholmay turgan mijozlarga men xizmat qilib, hatto choy puli ham olganman. Hamma sheriklarim hayron bo‘lib, nima qilding, bizgayam o‘rgat deb so‘rashadi. Hammasining yechimi bitta! Ofitsiant avvalo kimga qanday “podxod” qilishni bilishi kerak. Yaxshi gapirib, ularning pulini olish kerak, bo‘ldi, tamom vassalom!

    Ofitsiant qizlarga qiyin...

    Faoliyatimiz juda qiziq va shu bilan birga og‘ir ham. Shuncha yildan beri ishlab tushundimki, ofitsiantning psixologiyasi kuchli bo‘lishi kerak, asabi bo‘sh odam bu kasbda hech qachon ishlolmas ekan. Chunki restoranga har xil odam keladi. Qo‘pol gapirishi, so‘kinishi, hatto idishlarni otib yuborib, ofitsiantni urishi ham mumkin. Siz hech qanday qarshilik qilolmaysiz. Ish kerakmi, hamisha kulib, yaxshi muomala qilishga majbursiz. Yigitlar-ku, ancha og‘ir-bosiq bo‘ladi, har xil gaplarga e’tibor bermaydi. Lekin qizlar ko‘ngilchan bo‘lganigami, hamma gapni o‘ziga oladi. Sal gapga yig‘lab yuboradi.

    Ofitsiant ayollar yengiltak bo‘ladimi?

    Bir yosh oilani bilaman. Er-xotin, ikkisi ham ofitsiant. Bola 22 yoshda, ayoli esa 21 da. Ancha yillardan buyon birga ishlab kelishadi. Ayol yosh bo‘lgani uchun, tabiiyki, unga har xil gap so‘z bo‘ladi. Eri hammasini ko‘rib turadi, lekin indamaydi. Chunki bu ish. Xushomadlar bo‘lishi tabiiy hol. Agar eri rashk qilib, biror ortiqcha harakat qilsa, menejerdan gap eshitadi. Hatto ishdan haydalishi ham mumkin.

    Yana bir yomon tomoni, boshqa joyga ishga borsangiz ham, eski ishxonangizning kontaktini so‘raydi. Ular bilan bog‘lanib, siz haqingizda bilib olishadi. Ular biron yomon gap aytsa tamom, sizni ishga olishlari qiyin bo'ladi. Shuning uchun iloji boricha mehmonlar bilan murosa qilganingiz ma’qul.

    Ammo ofitsiant qizlarga tegajog‘liq qilingudek bo‘lsa, o‘sha mijozlarga xizmat qilmaslikka uning 100 foiz haqqi bor. Tungi klubda ishlab yurganimda bunday holatlar ko‘p kuzatilardi. Shunday paytlarda qizlar menejerga borib aytadi. Menejer mehmonga yaxshi tushuntirib ketishini so‘raydi. Agar mehmon ketmoqchi bo‘lmasa, hisobi to‘latilib, “oxrana” yordamida restorandan chiqarib yuboradi.

    Foto: “Unsplash.com”

    Foto: “Unsplash.com”

    Har kimning o‘z mijozi bor

    70 foiz mehmon ofitsiantning ketidan yuradi. Ya’ni u qayerda ishlasa, o‘sha yerga topib kelishadi. Chunki bu mijozlarning o‘ziga yaxshi. Sababini aytadigan bo‘lsam, masalan, siz tuz yemaysiz, sarimsoqqa allergiyangiz bor yoki ovqatni yog‘siz bo‘lishini xohlaysiz. “O‘zingizning” ofitsiantingiz buni biladi, lekin yangisiga boshqatdan tushuntirib berishingizga to‘g‘ri keladi. Sizning ofitsiantingiz esa nafaqat ta’bingizni biladi, balki bolalaringiz nima yeyishigacha eslab qoladi. Shuning uchun hamma “o‘zining” ofitsianti ortidan yuradi. Mening ham o‘z mehmonlarim bor. Biror yerda o‘tirmoqchi bo‘lishsa, menga qo‘ng‘iroq qilishadi. Qayerda ishlayotganimni bilib, topib kelishadi.

    Ofitsiantlik rasmiy ishmi yo vaqtinchalik? 

    Albatta, rasmiy ish. Ularga ham mehnat daftarchasi ochiladi. Staj yoziladi. Bundan tashqari aksariyat muvaffaqiyatli insonlar dastlab faoliyatini ofitsiantlikdan boshlagan. Hozir ko‘pining o‘z restoranlari bor.

    Toshkentda ko‘p talabalar pul topish uchun ofitsiantlik qilsa, ba’zi odamlar esa ishiga sadoqati tufayli yoshi o‘tsa-da, shu kasb bilan shug‘ullanaveradilar. Masalan, 60 yoshdan o‘tgan ikki ofitsiant tanishim bor. Lekin ular faqat o‘z mijozlariga xizmat qiladi. Bolalari chet elda yashaydi. Hech nimaga muhtojligi yo‘q. Aytmoqchi bo‘lganim, hamma ham muhtojlik tufayli ofitsiantlik qilmaydi.

    Oshpazlar ham ofitsiantga qarab muomala qiladi 

    Xizmat ko‘rsatishga kelsak, avvalo ofitsiant oshpaz bilan yaxshi aloqada bo‘lishi kerak. Chunki ovqat tayyorlashning eng kam vaqti 15 daqiqadan boshlanadi. Agar oshpazlar bilan yaxshi munosabatda bo‘lsangiz, 5 daqiqaga ham qoldirmay tayyorlab beradi. Bu sizga har taraflama foyda. Sababi mijozlaringiz kutib qolmaydi. Vaqtingiz tejaladi va ofitsiant juda chaqqon ekan, deb sizga ko‘proq choy puli qoldirib ketishadi.

    Ofitsiant qo‘pol mijozlarning ovqatiga tupurib beradimi?

    Odamlar orasida ofitsiantlar qo‘pol mijozlarning ovqatiga tupurib beradi, degan gaplar yuradi. To‘g‘ri, buni inkor qilmayman. Ko‘p marta eshitganman. Bir hamkasbim shunday ish qilgan. Keyin bu gap boshliqqacha yetib borgan. Ofitsiantning bu qilig‘i restoran menejeri tomonidan yetarli darajada “mukofotlangan”. O‘sha mehmonlarning hisobi to‘latilib, ishdan haydalgan.

    To‘g‘ri, ofitsiant ham o‘z-o‘zidan bunday ish qilmaydi. Lekin nima bo‘lgan taqdirda ham, u alamini bu tarzda olmasligi kerak.

    Shaxsan men sakkiz yilda biron marta ovqat bilan bog‘liq holatlarda bunday jirkanch ish qilmaganman. Chunki bu qaytar dunyo.

    Hamma narsaning iloji bor

    Hayotimdagi eng qiyin vaziyat ishim bilan bog‘liq bo‘lgan. Bir necha yil oldin 24 soat xizmat ko‘rsatadigan restoranda ishlaganman. Oshxonada soat 22:00 ga yaqin hech narsa qolmasdi. Mijozlar esa ovqat so‘rashardi. Eng qizig‘i, bir kuni homilador ayol uzum yegisi kelib, mevali assorti “zakaz” qildi. Bizda esa u yo‘q edi. Holatini tushunib, yaqin o‘rtadagi supermarketga borib, uzum olib kelib berganman. Xullas, ofitsiant “uzr, bizda yo‘q edi” deb turmasdan, hamma narsaning ilojini topishi kerak.

    Kerakligingni his qilib yashash baxt!

    Ilk marta Toshkentga kelganimda bir odam menga agar shu ishga kirsang, qaytib chiqolmaysan degandi. To‘g‘ri aytgan ekan. Bilasizmi, men shu paytgacha ko‘p joylarda faoliyat olib bordim. Barmen, menejer, hatto bankda ham ishladim. Lekin hech biri menga ofitsiantlikday rohat bermadi.

    Ko‘pchilik pul uchun ofitsiant bo‘lib ishlaydi. Ammo men yaxshi ko‘rganim uchun shu sohadaman. Bu kasbda kerakligimni his qilaman. Gohida dam olish kunlarim menejer qo‘ng‘iroq qilib seni so‘rashyapti kel, deb chaqiradi.

    Mijozlarim qadrlaydi. Hatto uylariga ham borib xizmat qilaman. Ba’zilari bu yil tug‘ilgan kunimda kelib, tabriklab, sovg‘alar ham berib ketishdi. Seni boshqalar qadrlasa, kimgadir kerakligingni his qilib yashasang, menimcha, insonga bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi.

    Avvalgi soyadagi odamlar

    “Boy o‘lsa o‘lsin, kambag‘al o‘lmasin”. Go‘rkov Yursunali ota Umaraliyev hikoyasi

    “Menga hech narsa kerakmas, shunchaki baxtli bo‘lishni xohlayman”. Mardikorlik qilayotgan qiz hikoyasi

    “Pul topish uchun hammasiga roziman, faqat fohishalikka emas!” Ofitsiantlik qilayotgan O‘zbekiston chempionining hikoyasi

    “O‘zbekiston o‘likxonalarida murdalar sotilmaydi!” Morg xodimining hikoyasi

     

    06.09.2019, 15:15   Izoh (0)   138744
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Haj ziyorati vaqtida farg‘onalik fuqaro vafot etdi

    06.09.2019, 14:55

    “Toshshahartransxizmat” qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan avtobus haydovchilariga chora ko‘rdi

    06.09.2019, 14:38

    Rishtonda aliment to‘lamaslik uchun MIB xodimini kaltaklagan shaxs qo‘lga olindi

    06.09.2019, 12:55

    Samarqandda bir oilaning 5 nafar a’zosini o‘ldirgan shaxslar umrbod ozodlikdan mahrum etildi

    06.09.2019, 12:02

    O‘zbekiston Mudofaa vazirligi delegatsiyasi “Seul muloqoti — 2019” xalqaro forumida ishtirok etdi

    06.09.2019, 11:37

    Samarqandlik tadbirkor Umar Rajabov 11 yilga hukm qilindi. Endi 400 dan ortiq fuqaro da’vosiga ko‘ra ikkinchi sud ishi bo‘ladi

    06.09.2019, 10:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroildagi universitetning oltita laboratoriyasi Eron hujumlari oqibatida vayron qilindi

    Dunyo | 25 iyun, 20:35

    Otasi tomondan O‘zbekistonga olib kelinib, onasi bilan muloqot qildirilmagan 3 yoshli qiz Rossiyaga qaytarildi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 20:25

    Tramp Ukrainada nazorat yo‘qolganini ta’kidladi

    Dunyo | 25 iyun, 20:15

    Emomali Rahmon Tojikiston prezidentligiga qanday kelgan?

    Dunyo | 25 iyun, 20:05

    Toshkentda ko‘plab avtobus yo‘nalishlarining qatnov yo‘li vaqtincha o‘zgartirildi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 19:50

    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi

    Reklama | 25 iyun, 18:00

    Isroilga moyillik ko‘rsatishni istamagan nomzod Nyu York meri bo‘lishi mumkin

    Dunyo | 25 iyun, 19:40

    Senat muxolifat huquqlarini kuchaytirishga oid qonunni maʼqulladi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 19:30

    “Hukumat moliyaviy sektorda asosiy rol o‘ynayotgani yomon”. XVJ O‘zbekiston iqtisodiy siyosatini tahlil qildi

    Iqtisodiyot | 25 iyun, 19:20

    Quyosh, dengiz va erkinlik: sayohat qilishni orzu qiluvchilar uchun ajoyib filmlar

    Kino | 25 iyun, 19:10

    Andijonda 2,5 gektar yerni turar joy toifasiga o‘zgartirib berish uchun 44 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 19:01
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.