Mustaqillikning 28 yillik bayrami arafasida Farg‘ona viloyatida 320 ta nodavlat maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi. Ularning aksariyati oilaviy bog‘chalar, shuningdek, 3 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mukammal ta’mirdan chiqarildi.
“Daryo” muxbirining xabar berishicha, mazkur bog‘chalar 10 mingdan ortiq bolani qamrab olish quvvatiga ega. Ularda 1066 ta yangi ish o‘rni mavjud.
Uchko‘prik tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Gulchehra Hamidovaning ma’lum qilishicha, tumanning Qorayantoq qishlog‘ida foydalanishga topshirilgan 14-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti uchun 2 milliard 965 million so‘mdan ortiq mablag‘ evaziga ikki qavatli yangi bino barpo etilgan. 120 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maskan zarur mebel va o‘yinchoqlar to‘plami, ko‘rgazmali vositalar bilan to‘liq ta’minlangan. Yangi bog‘chada tarbiyalanuvchilar ingliz va rus tillarini ham bemalol o‘rganishlari mumkin.
Izoh (0)