Gidrometeorologiya xizmati markazi O‘zbekistonda 2—5-sentabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—4 sentabrda 12—17, 5-sentabrda 8—13, kunduzi 2-sentabrda 25—30 daraja issiq, 3—5-sentabrda esa 20—25 darajagacha pasayadi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2- va 5-sentabrda 12—17, 3—4-sentabrda 15—20, kunduzi 2—3-sentabrda 28—33 daraja issiq bo‘ladi. 4—5-sentabrda 23—28 darajagacha pasayadi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 va 5-sentabrda 12—17, 3—4-sentabrda 15—20, kunduzi 2—3-sentabrda 27—32, 4—5-sentabrda 23—28 bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-sentabrda 13—18, 3—5 sentabrda 15—20, kunduzi 2—3-sentabrda 30—35, 4—5-sentabrda 28—33 daraja issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari
Havo o‘zgarib turadi, 2-sentabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi, 3—5-sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2—3-sentabrda 13—18, 4—5-sentabrda 15—20, kunduzi 2—3-sentabrda 25—30, 4—5-sentabrda 23—28 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo o‘zgarib turadi, 2—3-sentabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 4—5-sentabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7—12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-sentabrda 10—15, 3—5-sentabrda 8—13, kunduzi 2—3-sentabrda 17—22, 4—5-sentabrda 15—20 daraja issiq bo‘ladi.
Izoh (0)