“Fiorentina” futbolchisi Jovanni Simeone Moskvaning “Dinamo” klubiga o‘tishga rozi bo‘lmadi, deb yozadi Calciomercato.
24 yoshli hujumchi moskvaliklar safiga o‘tishdan bosh tortgan. “Atletiko Madrid” ustozi Diyego Simeonening o‘g‘li bo‘lgan Jovannining “fialkalar” bilan shartnomasi 2023-yilga qadar tuzilgan.
Uning xizmatlariga “Dinamo”dan tashqari “Sporting”, “Latsio”, “Kalyari” hamda “Sassuolo” ham qiziqish bildirgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)