• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Hafta o‘yinlari anonsi: “Real” va “Barselona” oldida navbatdagi sinov, A Seriya start olmoqda

    FIFA kunlarida yuzaga keladigan tanaffusdan avval ko‘plab chempionatlarda navbatdagi tur uchrashuvlari o‘tkaziladi. “Daryo” mazkur dam olish kunlarida bo‘lib o‘tadigan eng muhim o‘yinlarga qisqacha to‘xtalib o‘tadi.

    “Manchester Yunayted” — “Kristal Pelas”

    APL, 3-tur

    24-avgust, 19:00

    Foto: Yandex Photos

    Foto: Yandex Photos

    Angliya chempionatini “Chelsi”ga qarshi o‘yindagi ajoyib g‘alaba bilan boshlagan “Manchester Yunayted” bugun o‘z maydonida “Kristal Pelas”ni qabul qiladi. O‘tgan turda “Manchester Yunayted” o‘zi uchun noqulay raqib hisoblangan “Vulverhempton” bilan durang o‘ynadi. “Kristal Pelas” dastlabki turda “Everton” bilan durang o‘ynab, o‘zi uchun qoniqarli natija qayd etgan bo‘lsa, ikkinchi turda liga debyutanti “Sheffild Yunayted”ga imkoniyatni boy berdi.

    “Burgutlar” mankunianlar uchun qulay raqiblardan biri hisoblanadi. Ushbu jamoalar APL tashkil qilingandan shu kunga qadar 20 marta o‘zaro to‘qnash kelgan bo‘lsa, ularning 16 tasida “qizil iblislar”ning qo‘li baland kelgan va to‘rtta o‘yinda durang qayd etilgan. So‘nggi bor “Pelas” “Yunayted”ni 1989-yilda mag‘lubiyatga uchratgan, shundan keyin birorta ham bahsda londonliklar muvaffaqiyat qozona olmagan.

    Buning ustiga “Old Trafford” poytaxt jamoalari uchun o‘ta omadsiz stadion hisoblanadi. APL tarixidagi 152 ta o‘yinda London klublari bor-yo‘g‘i 16-marta uyga uch ochko bilan qaytgan.

    “Liverpul” — “Arsenal”

    APL, 3-tur

    24-avgust, 21:30

    Foto: Yandex Photos

    Foto: Yandex Photos

    Angliya chempionati yetakchilari ishtirokidagi bu o‘yin butun dunyo nigohida turibdi desak adashmagan bo‘lamiz. Eng kuchli hujum chizig‘iga ega bo‘lgan jamoalar ishtirokidagi o‘yin haqida avvalroq batafsil to‘xtalib o‘tgandik.

    Mavzuga doir: Obameyang Salohga, Emeri esa Kloppga qarshi. “Liverpul”—“Arsenal” to‘qnashuvi haqida

    “Shalke-04” — “Bavariya”

    Bundesliga, 2-tur

    24-avgust, 21:30

    Foto: Yandex Photos

    Foto: Yandex Photos

    Germaniya chempionatining ikkinchi turida “Bavariya” klubi Gelzenkirxenga safar qiladi. U yerda Niko Kovach shogirdlarini “Shalke-04”ga qarshi bahs kutib turibdi. Ikkala jamoa ham musobaqani durang natija bilan boshladi. Unda qo‘lga kiritilgan 1 ochko mezbonlar uchun qoniqarli natija hisoblanishi mumkin, biroq myunxenliklar uchun kutilmagan hol bo‘ldi.

    Mazkur o‘yinda “Bavariya” yangi “qurollari”ni ishga solishi mumkin. Yaqinda jamoaga qo‘shilgan Ivan Perishich va Fileppe Koutinyolar ushbu qarama-qarshilikda debyutlarini nishonlashi mumkin.

    Bu uchrashuv myunxenliklar darvozaboni Manuel Noyer uchun ham prinsipial ahamiyatga ega. “Shalke-04” tarkibidagi posbon Aleksandr Nyubel o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmidan buyon ajoyib o‘yin ko‘rsatib kelmoqda. “Bavariya” unga Noyerning o‘rinbosari sifatida qaramoqda va keyingi yili Nyubelni tekinga qo‘lga kiritmoqchi. “Shalke-04” esa yosh iqtidor egasini tarkibda saqlab qolish uchun unga sardorlik bog‘ichini taqdim etdi.

    “Real” — “Valyadolid”

    La Liga, 2-tur

    24-avgust, 22:00

    Foto: Yandex Photos

    Foto: Yandex Photos

    “Real” yangi mavsumdagi ilk uy o‘yinini “Valyadolid”ga qarshi o‘tkazadi. “Blankos” tarkibdagi jiddiy yo‘qotishlarga qaramay mavsumni ajoyib tarzda boshladi. Zinedin Zidan shogirdlari La Liganing ilk turida Vigoda “Selta”ga imkon qoldirmadi. Ta’kidlash joiz, Luka Modrichning chetlatilishidan keyin jamoa yana ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Buning ustiga yozda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan Garet Beyl uchrashuvning eng yaxshi o‘yinchilaridan biri bo‘ldi.

    “Real” sobiq hujumchisi Ronaldoga tegishli bo‘lgan “Valyadolid” klubi 1-turda kutilmagan natijalardan birini qayd etdi. Jamoa Sevilyaga safar qilib “Betis”ni mag‘lubiyatga uchratishga erishdi.

    Mazkur o‘yin oldidan madridliklarda kadrlar muammosi yetarli darajada, Luka Modrich diskvalikatsiya tufayli o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Shuningdek, Eden Azar, Braim Dias, Ferlan Mendi, Rodrigo Goes va Marko Asensio jarohat sabab “Real”ga yordam bera olmaydi.

    “Real”dan “Valyadolid”ga ijara asosida yo‘l olgan Andrey Lunin Madriddagi o‘yinda o‘z jamoasiga qarshi maydonga tushishi mumkin. Tibo Kurtua va Keylor Navasga raqobat qila olmasligi deyarli aniq bo‘lgan ukrainalik darvozabon yetarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun boshqa jamoa safiga yo‘l olgandi.

    “Fiorentina” — “Napoli”

    A Seriya, 1-tur

    24-avgust, 23:45

    Foto: Yandex Photos

    Foto: Yandex Photos

    Mazkur hafta Italiya chempionatiga start beriladi. Ilk turning markaziy o‘yini muhtasham Florensiyada bo‘lib o‘tadi. Mezbon “Fiorentina” klubi “Napoli”ni qabul qiladi.

    “Fiorentina” har doim yetakchilarga munosib qarshilik ko‘rsatib, yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoa bo‘lgan. Biroq o‘tgan mavsum jamoada pasayish yuzaga keldi va “binafsharanglilar” turnir jadvalini 16-o‘rinda yakunladi. Klub mazkur transfer oynasida tajribali yarim himoyachi Frank Riberi o‘z safiga qo‘shib oldi. Garchi bu o‘yinda “Fiorentina” favorit hisoblanmasada fantastik muxlislarning qo‘llab-quvvatlashi jamoaga qo‘shimcha motivatsiya berishi mumkin.

    “Napoli” esa nafaqat ushbu bahsning, balki, musobaqaning favoriti hisoblanadi. Bu yil ham Karlo Anchelotti shogirdlari “Yuventus”ning gegemoniyasiga chek qo‘yishga urinib ko‘radi. Neapolliklar shu haftada Irving Losano transferini e’lon qildi va jamoaning hujum chizig‘i yana bir tezkor futbolchi bilan boyitildi.

    “Barselona” — “Betis”

    La Liga, 2-tur

    25-avgust, 23:59

    Foto: Yandex Photos

    Foto: Yandex Photos

    Mavsumni sensatsion natija bilan boshlagan “Barselona” bu turda “Kamp Nou”da “Betis”ni mehmon qiladi. Lionel Messisiz Bilbaoga yo‘l olgan jamoa 1-tur bahsida “Atletik”dan alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olgandi. Qizig‘i, “Betis” ham “Valyadolid”dan xuddi shunday “zarba”ni qabul qilib oldi. O‘tgan uchrashuvdagi natijadan jazavada turgan bu jamoalar o‘rtasidagi bahs shubhasiz turning eng muhim o‘yiniga aylanadi.

    “Barselona” tarkibiga Messi qaytdi, biroq uning to‘liq harakat qila olish imkoniyati juda kam. Buning ustiga Usmon Dembele va Luis Suares ham safdan chiqqan. Birinchi turdagi natijadan keyin tanqidlar ostida qolgan Ernesto Valverde hozirda kuchli bosim ostida turibdi. “Betis”ning o‘tgan mavsum “Kamp Nou”dagi (4:3 hisobida) g‘alabasi ko‘pchilik futbol muxlislarining yodidan chiqmagani aniq. Xullas, mazkur o‘yin yakshanba oqshomining haqiqiy bezagiga aylanishi tabiiy.

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

    24.08.2019, 18:44   Izoh (0)   19096
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dzyudo bo‘yicha jahon chempionatiga qur’a tashlandi

    24.08.2019, 18:11

    Obameyang Salohga, Emeri esa Kloppga qarshi. “Liverpul”—“Arsenal” to‘qnashuvi haqida

    24.08.2019, 16:06

    Toshkent qilichbozlik bo‘yicha ikkita xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi

    24.08.2019, 14:26

    Tokio—2020. O‘zbekiston paralimpiyachilari uchinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

    24.08.2019, 14:23

    “Borussiya D” safarda “Kyoln” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

    24.08.2019, 14:20

    Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibini ham nokautga uchratdi

    24.08.2019, 08:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda tuman va shaharlar iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi loyihalarni amalga oshirish tartibi tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 13:02

    Toshkent viloyatida pora olgan MIB xodimi 6 yilga qamaldi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 12:37

    Iroqda 600 dan ortiq ziyoratchi xlor gazidan zaharlandi (video)

    Dunyo | 11 avgust, 12:28

    Charlz Oliveyra: “Yarador sher — baribir sherligicha qoladi”

    Sport | 11 avgust, 12:23

    Garvard olimlari Alsgeymer kasalligiga davo topdi va xotirani tiklash usulini aniqladi

    Ilm-fan | 11 avgust, 12:14

    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil

    Reklama | 11 avgust, 10:30

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston Qozog‘istonga 600 mln kub metr suv yetkazadi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 11:57

    O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmida havo harorati 34 darajagacha tushadi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 11:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.