• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Obameyang Salohga, Emeri esa Kloppga qarshi. “Liverpul”—“Arsenal” to‘qnashuvi haqida

    Xayol

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Ichki chempionat degani shunday bo‘lsa-da. Birinchi turda “Neftchi” “Paxtakor” bilan, ikkinchisida “Bunyodkor” “Lokomotiv” bilan, keyingisida esa “Nasaf” “Paxtakor”. Mana buni haqiqiy millionlar o‘yini desa bo‘ladi. Angliyaliklarga esa qoyil qolmadik. Shu ham chempionatmi?! Yangi mavsumning ilk turida “Manchester Yunayted” o‘z uyida “Chelsi”ni po‘stagini qoqib qo‘ydi. Ikkinchi turda “Manchester Siti” va “Tottenhem” 2:2 hisobidagi qayoqdagi dramani muxlislarga taqdim etdi. Vey, uchinchi turga kelib “Liverpul”ni “Arsenal”ga ro‘baro qilib turibdi. Shu ham chempionatmi a, labbay? O‘rganmaysanmi bizniklardan? Chempionat boshlanishiga sanoqli kunlar qolganda jamoalar sonini osmondan tushgandek ko‘paytirib qo‘yishni qayoqdan ham bilardi, bu sodda inglizlar. Ha, mayli bir kun o‘rganib ketishar. Axir biz osmondagi yulduzlarni sanab yurgan paytimizda ular latta koptokni tepib yurishardi.

    Voy, nimalar deb tashladik. O‘zimizga kelamiz va ichki xotirjamlikni ushlaymiz. Bir alahsirab oldik-da, aziz muxlis. “Neftchi”ning allaqachon Superligada emasligidan gap nima haqida ekanligini tushunganingizga ishonamiz. Kayfiyatni ko‘tarib olgan bo‘lsangiz, keling Angliya Premyer ligasi 3-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin: “Liverpul”—“Arsenal” to‘qnashuvi haqida suhbatlashamiz.

    APLning ortda qolgan 2-turida 100 foizlik natija qayd etgan Mersisayd va London klubi bugun “Enfild” stadionida musobaqaning yakka hokimligi uchun maydonga tushadi. “Liverpul” dastlabki ikki turda mos ravishda “Norvich”ni 4:1, “Sauthempton”ni esa 2:1 hisobida taslim qildi. “To‘pchilar” esa avvaliga “Nyukasl”dan kichik 1:0 hisobida ustun kelgan bo‘lsa, o‘tgan turda Emeri shogirdlari “Byornli” ustidan 2:1 hisobidagi g‘alabani tantana qildi. Xo‘sh, bugun qaysi jamoa g‘alaba qozonadi?

    O‘zi nima gap?

    Foto: YouTube

    Foto: YouTube
    Ketma-ket ikki turda “Liverpul” o‘z darvozasidan gol olib chiqdi. O‘tgan yilgi metin himoyaning xizmatlari bitdimi dersiz? Yo‘q, hozircha aslo unday emas. Jamoaning asosiy posboni Alisson ilk turdayoq jarohat oldi. U maydonda bo‘lgan 39-daqiqa ichida “qizillar” gol o‘tkazmagan. Jamoaga endigina qo‘shilgan Adrian ikkinchi turga kelib, “Sauthempton” futbolchisi (vaqtida “Liverpul”da to‘p surgan) Denni Ingz oldida hayajonlanib qoldimi, xullas Minyole va Karius tushirgan qovunlardan birini o‘z hisobiga yozdirishga “muvaffaq bo‘ldi”. Endryu Robertson, Virjil van Deyk va Trent Aleksander-Arnold esa o‘zining ishonchli harakatlarini davom ettirmoqda. Ammo nima bo‘lganda ham “Arsenal”ning hujum triosi — Lyakazett—Obameyang—Pepega qarshi turish oson bo‘lmaydi. Alisson bo‘lganda esa “Liverpul”ning darvoza chizig‘i borasidagi xavotirlarimizni o‘rinsiz hisoblayversak bo‘lardi. Biroq bu safar unday emas. Kloppning hujum chizig‘idan ko‘ngli to‘q. Mane—Saloh—Firmino triosi har qanday himoyani, ayniqsa, “Arsenal”nikini parchalab tashlashga qodir. Nega unday deysizmi? O‘tgan mavsum “Liverpul” “Enfild”da Bernd Leno darvozasiga naq 5 ta gol urgandi. Bu safar “kanonirlar” Loran Kosyelni, Ektor Belyerin kabi futbolchilar xizmatidan foydalana olmaydi. Kosyelni Fransiyaga ko‘ch-ko‘ronini yig‘ishtirib ketgan bo‘lsa, Belyerin hamon jarohatini tiklash bilan ovora. “Chelsi”dan kelgan David Luiz esa hali klubga moslashib ulgurmaganini hisobga olish lozim. Bundan tashqari “Seltik”dan xarid qilingan Kiran Tirni hali jarohatdan qutulmagan. Ko‘rib turganingizdek muammolar yetarlicha. Umuman olganda esa “Arsenal”ning himoyasiga nisbatadan “Liverpul”niki kabi “ishonchli” ta’rifini berib bo‘lmaydi. Biroq yuqorida ta’kidlaganimizdek, “Arsenal”ning hujum triosi ham chakki emas. Kamiga o‘tgan o‘yinda qahramonlik ko‘rsatgan Dani Sebalyos ham bor. Xullas, aziz muxlis, bugun siz-u bizni haqiqiy futbol spektakli kutmoqda!

    Qiziqarli faktlar

    Foto: Goal

    Foto: Goal
    • “Liverpul” APL doirasidagi o‘z maydonidagi so‘nggi 39 ta o‘yinda yutqazmadi
    • “Liverpul” APLning so‘nggi 11 ta o‘yinida kamida 2 tadan gol urmoqda
    • “Liverpul” so‘nggi  11 ta o‘yindan 8 tasida raqiblar darvozasiga kamida 2 ta gol urgan
    • “Liverpul” “Arsenal”ga qarshi so‘nggi 4 ta uy uchrashuvida kamida 3 tadan gol urdi
    • Roberto Firmino hisobida hozirda APLda urilgan 49 ta gol bor. Agar u bugun gol ursa, musobaqa tarixida 50 ta gol urgan ilk braziliyalik futbolchi bo‘ladi
    • “Liverpul” “Arsenal”ga qarshi so‘nggi 3 ta uy uchrashuvida g‘alabani o‘ziniki qilgan
    • “Arsenal” so‘nggi 8 ta o‘yinda “Liverpul”ni mag‘lub eta olmagan: 4 ta durang, 4 ta mag‘lubiyat
    • “Arsenal” 2004/05-yilgi mavsumdan beri ilk bor mavsumni ketma-ket uchta g‘alaba bilan boshlashi mumkin
    • Yurgen Klopp “Arsenal”ga qarshi APLda 7 marta to‘qnash kelgan va biror marta yutqazmagan: 4 ta g‘alaba, 3 ta durang.

    APL

    3-tur bahslari

    24-avgust, shanba

    “Liverpul”—“Arsenal” 21:30

    Bosh hakam: Entoni Teylor

    24.08.2019, 16:06   Izoh (0)   21027
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent qilichbozlik bo‘yicha ikkita xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi

    24.08.2019, 14:26

    Tokio—2020. O‘zbekiston paralimpiyachilari uchinchi yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

    24.08.2019, 14:23

    “Borussiya D” safarda “Kyoln” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

    24.08.2019, 14:20

    Shohjahon Ergashev navbatdagi raqibini ham nokautga uchratdi

    24.08.2019, 08:46

    “Napoli” rekord qiymatdagi transferini amalga oshirdi

    23.08.2019, 15:49

    Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasida qachongacha o‘ynamoqchi ekanligini aytdi

    23.08.2019, 15:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi


    APEX — moliyaviy boshqaruv uchun qulayliklar bitta ilovada 


    TENET: O‘zbekiston Mustaqilligi kuni sharafiga Stellar Residence apartamentlariga eksklyuziv shartlar 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    26 avgust, 13:53

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iordaniya podshohi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan eksportbop mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 26 avgust, 14:07

    “Dunyodagi eng ingichka 3D egri ekranli smartfon” unvoniga ega Ginnes rekordchisi: O‘zbekistonda rasman taqdim etildi

    Reklama | 26 avgust, 13:30

    Yadro urushidan ham xavfli: insoniyatga tahdid solayotgan 5 ta yirik talafot

    Dunyo | 26 avgust, 13:53

    Isroil “Hizbulloh”ni qurolsizlantirishda Livanga yordam bermoqchi

    Dunyo | 26 avgust, 13:40

    Mo‘ynoqdagi quduqdan gaz otilib chiqishi bir oydan so‘ng “jilovlandi”

    O‘zbekiston | 26 avgust, 12:55

    Kaskadyorga ehtiyoj yo‘q: xavfli tryuklarni ham dublyorsiz bajaradigan Gollivud aktyorlari

    Kino | 26 avgust, 12:55

    Hindistonda er o‘z ayolini tiriklayin yoqib yubordi

    Dunyo | 26 avgust, 12:49
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.