“Chelsi”, “Manchester Siti” hamda Angliya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Shon Rayt-Fillips faoliyatiga yakun yasadi, deb yozadi Sky Sports.
37 yoshli futbolchi 2017-yil AQShning “Finiks Rayzing” jamoasidan ketgandan beri birorta klubda to‘p surmadi.“Arsenal” afsonasi Ian Raytning o‘g‘li bo‘lgan Fillips Angliya Premyer ligasida jami hisobda 316 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urgan. Angliya terma jamoasida esa 36 ta o‘yinda 6 ta gol urishga erishgan.
Fillips “Chelsi” safida Angliya chempioni bo‘lgan (2006) va Angliya Kubogini (2007) qo‘lga kiritgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)