Vengriyaning Seged shahrida baydarka va kanoe bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
24-avgust, shanba kungi bahslarda o‘zbekistonlik parakanoechi Azizbek Abdulhabibov KL2 yo‘nalishidagi final bahsida to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Shu tariqa, Abdulhabibov Tokio—☺2020 Paralimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Azizbek Tokio Paralimpiya o‘yinlari litsenziyasiga ega bo‘lgan 4-o‘zbekistonlik sportchiga ayandi.
Parakanoe bo‘yicha JCh. Vengriya
KL2-200 metr, erkaklar
1. Kurtis Makgret (Avstraliya) — 42.352. Federiko Mankarella (Italiya) — 42.803. Skot Mertlyuu (Yangi Zelandiya) — 43.514. Azizbek Abdulhabibov (O‘zbekiston) — 43.77
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)