AQSh prezidenti ma’muriyati mansabdorlari Grenlandiyaga muddatsiz egalik qilish uchun Daniyaga har yili 600 million dollar to‘lab turish variantini ko‘rib chiqqan. Bu haqda The Washington Post o‘z anonim manbalariga tayanib xabar beradi, deb yozadi Meduza.
Shuningdek, Tramp ma’muriyati shartnomani rag‘batlantirish uchun Daniyaga katta miqdorda bir martalik to‘lov qilishga ham tayyor bo‘lgan.
AQSh Daniyaning muxtor hududi hisoblanuvchi dunyodagi eng yirik orolni sotib olishga qiziqayotganidan OAVlar o‘tgan hafta xabar topdi. Donald Tramp ushbu xabarni tasdiqlab, bu masala mamlakat uchun strategik xarakterga ega emasligini aytdi. Daniya va Grenlandiya esa orol sotilmasligini, uning taqdirini faqat mahalliy aholigina belgilashini ma’lum qildi.
Izoh (0)