“Arsenal” hujumchisi Aleks Ivobi faoliyatini “Everton”da davom ettiradi. Bu haqda Liverpul klubining rasmiy saytida e’lon qilindi.
23 yoshli nigeriyalik transferlar oynasi yopilguniga qadar Liverpulga ko‘chib o‘tdi. Tomonlar 2024-yilgacha shartnoma imzoladi.
Ma’lum bo‘lishicha, londonliklar tarbiyalanuvchisi sotuvidan 35-40 million funt atrofida mablag‘ ishlab oladi.
Ma’lumot uchun, Ivobi 4 mavsum davomida Angliya Premyer ligasida 100 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi hamda 19 ta golli uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)