O‘zbekiston terma jamoasi va “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga SSKAdan taklif tushgan, deya xabar qilmoqda “Sport-Ekspress”.
Biroq rostovliklar klubi bunga rad javobini bergan. Shuningdek futbolchining o‘zi ham “armiyachilar” safiga o‘tishni istamagan.
“SSKA — Rossiyaning hurmatga ega jamoalaridan biri, ammo bilan hozircha RPL klublaridan tushgan takliflarni ko‘rib chiqmayapmiz. Eldorning maqsadi — Yevropada o‘zini sinab ko‘rish. Bunday takliflar ham bor. Biroq biz “Rostov”ni hurmat qilamiz va transfer haqidagi masalalarni jamoaning o‘zi ko‘rib chiqishi kerak degan fikrdamiz”, — deydi futbochining vakili.
Shomurodov Rossiya Premyer-ligasida ushbu mavsumida 4 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 bor golli uzatmani amalga oshirdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!