“Potrebiteli” guruhiga Namanganda keksa ayollar uyi yaqinida barpo etgan “yashil hudud” harbiylar tomonidan buzilayotgani aks etgan video joylashtirildi.
Videoda harbiy kiyimdagi xodim ayollar tomonidan ekilgan daraxt va manzarali o‘simliklarni kesib tashlayotganini ko‘rish mumkin. Video muallifi harbiy kiyimdagi xodimdan ism-familiyasini aytishni so‘raganida u rad javobini bergan.
Shuningdek, u “yashil hudud”ni qanday hujjat asosida buzayotganini ham ma’lum qilishdan bosh tortgan.
Izoh (0)