Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan Yakkasaroy savdo markazi chorrahasi, shuningdek, Janubiy temiryo‘l vokzaliga kirish hududida xorijiy va mahalliy sayyohlarga qulaylik yaratish uchun turistik yo‘l ko‘rsatkichlari o‘rnatish ishlari boshlab yuborildi.
Ushbu zamonaviy standartlar asosida ishlab chiqilgan innovatsion turistik yo‘l ko‘rsatkichining afzalliklaridan biri shuki, u maxsus QR-kodga ega. U Google xaritasi yordamida ko‘zlangan manzilga tez va oson yetib olishga yordam beradi.
Mazkur loyihalarning davomiyligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahrining boshqa tumanlarida turistlar ko‘p tashrif buyuradigan hamda aholi gavjum joylarga innovatsion turistik yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘rnatish ishlari davom ettiriladi.
Izoh (0)