“Xalq xizmatkori” partiyasining yetakchisi hamda Oliy rada spikerligiga nomzod Dmitriy Razumkov Donbassni qonuniy ravishda qaytarishning iloji yo‘qligini ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant”.
Razumkovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina janubi-sharqidagi mojaro — mamlakatning asosiy muammosi. “Barchamiz tinchlik bo‘lishini, Donbass va Qrim Ukrainaga qaytishini xohlaymiz. Afsuski, buni qonuniy yo‘l bilan hal etib bo‘lmaydi”, — deydi partiya yetakchisi.
Razumkovning ta’kidlashicha, “vaqtincha bosib olingan hudud”ni qaytarish uchun kompleks chora-tadbirlarni ko‘rish kerak: diplomatiya, sanksiyalar bosimi, ichki siyosatga oid masalalarni yechish — korrupsiyaga qarshi kurash, axborot siyosati, iqtisod, infratuzilma va ijtimoiy siyosat.
Ukraina tomoni ushbu urushni yakunlashni istaydi, biroq bu kabi xohish “jarayonning barcha ishtirokchilarida kuzatilmayapti”. Uning qo‘shimcha qilishicha, Donbassga alohida maqom berish masalalari Rada devorlari ortida muhokama qilinadi.
Izoh (0)