Afg‘onistonning shimoli-sharqida 4-avgust kuni 5,1 magnitudali yer silkinishi sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Ta’kidlanishicha, zilzila epimarkazi Afg‘onistonning Ishkashim shahridan 27 kilometr g‘arbda qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 229,5 kilometr chuqurlikda bo‘lgan.
Talafotlar va jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.
Izoh (0)