Rossiya Tergov qo‘mitasi Aleksey Navalniyning Korrupsiyaga qarshi kurashish fondiga nisbatan jinoyat ishini ochdi. Gap boshqa bir shaxs tomonidan jinoiy yo‘l bilan topilgan pullarni “qonuniylashtirish” haqida ketmoqda, deb xabar beradi TJournal.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2016-yilning yanvaridan 2018-yilning dekabriga qadar Korrupsiyaga qarshi kurashish fondining faoliyatiga aloqasi bor insonlar, jumladan, fond xodimlari uchinchi shaxsdan katta miqdorda rubl va xorij valyutasida mablag‘larni olgan. Bu pullar jinoiy yo‘l bilan topilgani aytilmoqda.
Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha kim gumonlanayotgani ma’lum qilinmadi, biroq Tergov qo‘mitasi mablag‘lar manbasi va uning miqdorini, shuningdek, ushbu noqonuniy sxemaga aloqasi borlarni aniqlash niyatida.
Izoh (0)