Toshkentda 4-avgustdan 5-avgustga o‘tgan sutka davomida 4 ta yong‘in holati qayd etildi. Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, shulardan 3 tasi qurigan o‘simlik va chiqindilarning yonishi bilan bog‘liq yong‘inlardir.
Ta’kidlanishicha, ushbu yong‘inlarda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmagan.
Xususan, 4-avgust, soat taxminan 23:09 da Chilonzor tumani, Arnasoy ko‘chasi 7-uyda joylashgan “Barkach” restoranning yordamchi va generator xonalari hamda tom qismi 40 kvadrat metr maydoni yongan.
Yong‘indan restoran binosining 2000 kvadrat metr maydonidagi qurilmalari saqlanib qolingan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 23:14 da yetib kelgan va yong‘in soat 23:20 da bartaraf etilgan.
Halokat sababli keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Izoh (0)