Buxoro viloyat IIB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 4-avgust kuni soat 18:30 larda “Buxoro-Xorazm” (Olmaota-Nukus) yo‘nalishida harakatlanib borayotgan yo‘lovchi avtobus mudhish halokatga uchradi.
Qozog‘istonda ro‘yxatga olingan Van Hool rusumli avtobus Jondor tumani “Luqmon” MFYga qarashli cho‘l massivi hududidan o‘tuvchi A-380 xalqaro yo‘lining 299 kilometrida yo‘l chizig‘idan chiqib ketgan va ag‘darilgan.
Oqibatda avtobusda 1 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan, 2 nafar shaxs og‘ir va 8 nafar shaxslar turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Avtobusda bo‘lgan barcha yo‘lovchilarga birinchi tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatilgan.
Holat bo‘yicha Buxoro viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, yo‘l transport hodisasi sabablari o‘rganilmoqda.
Izoh (0)