• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qashqadaryo viloyati hokimi Yakkabog‘dagi vaziyatga izoh berdi (video)

    O‘zA muxbiri Karimberdi To‘ramurodning Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida bo‘lib, hududdagi vaziyatni o‘rgandi, viloyat hokimi bilan suhbatlashdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Qashqadaryo viloyat Yakkabog‘ tumani deyilsa, bugun dunyoning eng chekkasidagi odam ham biladigan, “Hokim o‘rinbosari nima bo‘ldi ekan?” “Tadbirkorning taqdiri nima bo‘ldi ekan?” deb so‘raydigan bo‘ldi. Millionlarning e’tiborida turgan Yakkabog‘ tumaniga, oldin tuman markazi bo‘lgan Yakkabog‘ qishlog‘iga bordik.

    Eng avval ko‘zimiz tushgan narsa shu bo‘ldi-ki, Yakkabog‘ ulkan qurilish maydoniga aylangan, bir tarafda yo‘lsozlar yo‘llarni kengaytirib, tekislab, asfaltlashga tayyorlashmoqda, bir tarafda elektromontyorlar yog‘och simyog‘ochlarni betoniga almashtirib, yangi sim tortmoqda. Bir tarafda ko‘priklar tuzatilib, ariqlar kavlansa, bir tarafda ustalar ko‘cha yuzidagi uylarni ta’mirlashmoqda.

    “Yakkabog‘da haqiqiy bunyodkorlik ishlari ketmoqda. Ko‘z o‘ngimizda yillar davomida qarovsiz yotgan maktablar, maktabgacha ta’lim muassasalari, shifoxonalar qayta yuz ochmoqda. Nafaqat tuman, balki viloyat rahbarlari ham kechayu-kunduz Yakkabog‘da. Shu yerning o‘zida obodonlashtirish ishlari shtabi tashkil qilingan va istalgan soatda bu yerda rahbarlarni topasiz”, ‒ dedi bizni kutib olgan hokimlik matbuot xizmati rahbari Bozor Aziziy.Biz shtabda Qashqadaryo viloyat hokimi Zafarjon Ro‘ziyev mutasaddi tashkilotlarning rahbarlariga topshiriqlar berib turganiga guvoh bo‘ldik. Hali u, hali bu tarmoq rahbariga topshiriq berayotgan, qilingan ishlarning natijasini so‘rayotgan viloyat hokimini suhbatga tortish oson bo‘lmadi. Nuqul “Hozir-hozir”, degan viloyat hokimi shomga borib, biz bilan suhbatlashishga vaqt topdi. Ammo shunda ham hokimning qabulini kutib turgan yuzdan ortiq fuqarolardan uzr so‘rab, ularga “Yana yarim soatgina kutib turasizlar”, deganini eshitib, fursatimiz oz ekanini angladik va yurtdoshlarimiz javobini kutayotgan eng muhim savollargagina javob olishga harakat qildik.

    Zafarjon Ro‘ziyev, avvalo, “Obod mahalla” dasturi Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning tashabbusi ekani va bu dasturning yuksak mohiyati haqida so‘z yuritib, tuman markazi Yakkabog‘dan ko‘chirilgach, Yakkabog‘ uzoq muddat e’tibordan chetda qolgani, qishloqning ahvoli haqiqatdan ham achinarli ahvolga kelib qolgani haqida gapirdi, ammo Yakkabog‘ endi qayta yuz ochishini, qisqa fursatda qishloq tanib bo‘lmas darajada obod bo‘lib, ertakmonand go‘shaga aylanishini aytdi.

    Barcha yurtdoshlarimizni qiziqtirgan savollarga javob berar ekan, viloyat hokimi shunday dedi:

    “Bizdan ham xatolik o‘tdi. Avvalo, biz, rahbarlar, hammamiz kalondimog‘ bo‘lib ketgan ekanmiz, xalqdan uzilib, manman bo‘lib ketgan ekanmiz. Bugun zamon o‘zgardi. Muhtaram Prezidentimiz katta islohotlarni boshladilar, bugun xalqning ichiga kirib, har bir oilaning dardini tinglab, uning muammosini o‘zimning muammom deb ishlashimiz kerak. Afsuski, hamma rahbar ham buni hali to‘la anglab yetgani yo‘q. Yakkabog‘ tumani hokimining o‘rinbosari ham o‘zining vakolatiga kirmaydigan ishni qilgan. Bunaqa paytda xalqning oldiga kamida tuman hokimi kelib, bo‘ladigan ishlarni o‘zi tushuntirishi kerak edi. Ular anglata olmasa, viloyat hokimi, men kelishim kerak edi. Xalq tuman va viloyat hokimiga ishonadi, o‘rinbosarlar yo boshqa idora rahbarlariga emas”.

    Biz hokim o‘rinbosarining hatti-harakatiga baho berishini so‘radik.

    “Albatta, u vakolatidan tashqariga chiqqani uchun ishdan olindi, hatto unga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bundan tashqari o‘z ishiga e’tiborsizlik bilan qaragani uchun tuman hokimi va tuman prokurori ham ishdan olindi”, ‒ dedi Zafarjon Ro‘ziyev.

    Biz tadbirkor va uning korxonasi haqida so‘radik.

    ‒ Tadbirkorning korxonasi buzilmaydi, qaytanga u ta’mirlab, chiroyli qilib berilayapti, tadbirkorlik ishi davom etadi, ‒ dedi viloyat hokimi. ‒ Ammo shuni aytishim lozim-ki, biz qonun ustuvor davlatda yashaymiz, qonun oldida hamma barobar, ehtirosga berilib, qonundan tashqari hatti-harakatlar sodir qilgani uchun tadbirkor ham qonun oldida javob beradi.

    Eslatib o‘tamiz: tadbirkor ruhiy jihatdan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda, tuman hokimining o‘rinbosari esa shifoxonada davolanmoqda.

    Shu o‘rinda viloyat hokimi barcha jurnalist va blogerlarga ham murojaat qildi:

    “Bugun hamma narsa ochiq va shaffof, xususan, Qashqadaryoda ham va Yakkabog‘da bo‘lgan voqea borasida ham hamma savollaringizga boricha javob berishga har doim tayyorman. Kim istasa, kelsin, bu yerda bo‘layotgan ishlarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rsin va borini yozsin! Ikki oy sabr qilishsa, barchalarini o‘zim chaqiraman, Yakkabog‘da katta bir bayram uyushtiramiz, katta osh qilamiz va barchangiz Yakkabog‘ jannatmonand bir go‘zal maskanga aylanganiga guvoh bo‘lasiz. Nasib bo‘lsa, xalqimiz bu ko‘ngilxiralikni unutib ham yuboradi va yangidan chiroy ochadigan Yakkabog‘da hamma bizdan, avvalo, Prezidentimizdan, davlatimizdan rozi bo‘lib, bundan keyin yaxshi yashaydi”.

    Suhbatimizni to‘liq ravishda videolavhadan tomosha qilishingiz mumkin...

    30.07.2019, 11:47   Izoh (0)   24827
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda onlayn to‘lovlar hajmi keskin oshmoqda

    30.07.2019, 11:36

    Belaruslar qalbidan joy olgan o‘zbek jangchisi — Kazbek yoxud boshi uchun Adolf Gitler 50 ming doychemarka “mukofot” va’da qilgan o‘zbekistonlik 

    30.07.2019, 11:36

    Toshkentda 43 yashar ayol Qo‘yliq bozori yaqinidagi ko‘prikdan o‘zini tashlamoqchi bo‘ldi (foto)

    30.07.2019, 11:25

    Shavkat Mirziyoyev VDNXda O‘zbekiston ko‘rgazmasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni tasdiqladi

    30.07.2019, 11:05

    O‘zbekistonda yangi modeldagi avtomobillar ishlab chiqarishga 2,1 trln so‘m ajratiladi

    30.07.2019, 10:44

    Moskva viloyatida o‘zbekistonlik harbiylar ishtirok etayotgan “Tank biatloni”ga qur’a tashlandi

    30.07.2019, 10:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda yil boshidan beri qariyb 35 ming fuqaro sog‘lomlashtirildi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 12:27

    Afrikada har yili 815 ming odam ovqat pishirishdan kelib chiqqan havo ifloslanishidan vafot etadi — hisobot

    Dunyo | 21 iyul, 12:11

    “Barselona” “Real” futbolchisi uchun kurashga kirdi

    Sport | 21 iyul, 12:03

    Universitetga kirish imtihonidan yiqilgan o‘g‘lini xitoylik ota-ona uydan haydab chiqardi

    Layfstayl | 21 iyul, 11:53

    Eron Yevropaning uchta davlati bilan yadroviy muzokaralar o‘tkazadi

    Dunyo | 21 iyul, 11:38

    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

    Reklama | 21 iyul, 10:33

    Kino narxi tushadi, sifati esa oshadi: Netflix film suratga olishda sun’iy intellektdan foydalana boshladi

    Kino | 21 iyul, 11:33

    Rim Papasi G‘azodagi hujumlarni “varvarlik”ka qiyosladi (video)

    Dunyo | 21 iyul, 11:27

    “Manchester Siti” o‘z futbolchisini 40 mln yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor

    Sport | 21 iyul, 11:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.