Prezident qarori bilan O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida Moskvadagi Butunrossiya ko‘rgazma markazi 66-pavilonida “O‘zbekiston Respublikasi ko‘rgazma madaniy markazi” ekspozitsion markazini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Toshkent shahar hokimligi mazkur shartnomani amalga oshirish bo‘yicha mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Tomonlar shartnomani 2019-yil 30-may kuni Urganch shahrida imzolagan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qarori bilan ushbu pavilon O‘zbekistonga muddatsiz va beg‘araz foydalanishga berilgan.
Izoh (0)