• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Haftalik dayjest: Eskisini buzmasdan yangisini qurmaydigan hokimlar, elim deb “yonib” yashaydigan o‘rinbosar, endi testda “parovoz” va “kalla”lar bo‘lmaydi

    Avvalgi hafta mamlakatimizdagi ochiq-oshkoralik jarayonlarining noyob hodisasi bilan solnomaga yozilgan bo‘lsa, bu hafta hokimiyat vakillarining fuqaroga nisbatan sharmandali xatti-harakatlari bilan tarixga muhrlandi. Dayjestimizni boshlaymiz.

    20-iyul kuni Yakkabog‘da sodir bo‘lgan xunuk voqeaning videosi hafta boshida internetda tarqaldi. Unda yakkabog‘lik tadbirkor buldozer rulida o‘tirgan hokim o‘rinbosari ustiga benzin sochib yoqib yuborgani aks etgan. Ma’lum bo‘lishicha, hokimlik vakillari dabdurustdan tadbirkorning binosini buzishga kelganda ko‘pchilik bo‘lib qarshilik ko‘rsatishgan. Natijada buldozerchi binoni buzishdan bosh tortgan. Shunda hokim o‘rinbosari, Tuymayev ismli kishi rulga o‘tirib o‘zi buzmoqchi bo‘lganda sabr kosasi to‘lgan tadbirkor Bahriddin Isomov ushbu qaltis choraga qo‘l urgan. Shundan so‘ng Isomov va uning o‘g‘lini IIB olib ketgan. Garchi aybi bo‘lmasa-da, uning o‘g‘lini IIB xodimlari kaltaklagan.

    Bino buzilgan hududda 30 ga yaqin do‘konni ham shu hokim o‘rinbosari vayron qilgan bo‘lsa-da, hech biriga kompensatsiya to‘lanmagan.

    Yuz bergan hodisa ommaviy axborot vositalarida qattiq portlash keltirib chiqardi. O‘nlab nashrlar voqeani yoritdi va tadbirkorning o‘ziga xos “samosud”ini oqlamagan holda, hokim o‘rinbosarining tiyiqsiz harakatini qoraladi. Qonunchilik palatasi deputatlari hokimlarga bildirilgan ishonchning chegarasi borligini eslatdi. Shundan so‘ng viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev Yakkaboqqa kelib tadbirkorlarning arzini tingladi. Jamoatchilik bosimi va faol arboblar tanqidi natijasida hokim o‘rinbosarini yoqib yuborgan tadbirkorning do‘koni buzilmaydigan bo‘ldi, Yakkabog‘ hokimi va o‘rinbosari ishdan olindi, kuygan o‘rinbosarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

    * * *

    22-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev ishtirokida o‘tgan muloqotda iste’mol savatchasi masalasi ko‘tarildi. Botir Xo‘jayevning ma’lum qilishicha, iste’mol savatchasi dunyo iqtisodiyotida amal qilinishi majburiy ko‘rsatkich emas. “O‘zbekistonda iste’mol savatchasi degan tushunchani joriy qilish taxminan 2021-yillarga mo‘ljallanmoqda. Hozir ham iste’mol savatchasi va yashash uchun eng kam miqdor tushunchalari test tizimida sinab ko‘rilmoqda va so‘rovnomalarga ko‘ra ular 650 ming va 800 ming so‘mni tashkil qiladi”, dedi Botir Xo‘jayev. Aytish lozimki, mustaqillikdan keyin iste’mol savatchasi atamasi iqtisodiyotimizda qo‘llanmaydi.

    * * *

    Hokimiyat va aholi o‘rtasida keskin ziddiyat keltirib chiqargan yana bir voqea Xorazm viloyatida yuz berdi. Urganch shahridagi “Ashxobod” mahallasida yashovchi aholiga Urganch tumanidan yer o‘rni ajratib berilgan, ammo kompensatsiya puli to‘lanmagandi. Hokimiyat vakillari bir qancha vaqtdan beri va’da berib kelgan, nihoyat sabr kosasi to‘lgan minglab uysiz fuqarolar 26-iyul kuni kechasi Urganch-Hazorasp avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Viloyat hokimi kelganda uning palatkasini yiqitib yuborishgan.

    Fotokollaj: Xorazm viloyati hokimligi

    Fotokollaj: Xorazm viloyati hokimligi

    “Yuksalish” umummilliy harakati raisi Akmal Burhonov O‘zbekistonda aholi va hokimiyat vakillarining ochiq konfrontatsiyasiga sabab bo‘layotgan ko‘chmas mulklarni ommaviy buzish jarayonlaridan tashvishda ekanini ma’lum qildi. Shuningdek, adliya vaziri Ruslanbek Davletov 27-iyul kunidagi hay’at majlisida “Odamlarning uyini buzib, ko‘chaga chiqarib qo‘yib, kompensatsiya to‘lamaslik — vahshiylik!” dedi.

    Fotokollaj: “Kun.uz”

    Fotokollaj: “Kun.uz”

    Shavkat Mirziyoyev aholi va hokimlik o‘rtasidagi tushunmovchilikni hal qilish uchun bosh vazirni Xorazmga yubordi. Abdulla Aripov urganchliklar bilan uchrashdi. Shundan so‘ng avtomobillarda pul keltirilib, uysizlarga kompensatsiya sifatida tarqatila boshlandi. Bosh vazir yig‘ilish o‘tkazib, Urganch shahri hokimi va prokuroriga hayfsan berdi. Bundan buyon kompensatsiya to‘lanmagan va oldindan ogohlantirilmagan turar va noturar joylarni buzish to‘xtatiladigan bo‘ldi.

    * * *

    Davlat test markazi rahbari Majid Karimov “Kun.uz” bilan suhbatda “bu yilgi avgust imtihonlarida o‘rniga kirish bo‘lmaydi”, dedi. Ma’lumki, abituriyentlar orasida keng tarqalgan bu firibgarlik aynan yuz tuzilishi o‘xshash talabgorlarni almashtirib qo‘yishga asoslangan usuldir. Majid Karimovning aytishicha, endilikda yuzni tanish texnologiyalari qo‘llanadi va biometrik parametrlar aniqlanadi. Biroq bu texnologiya ham mutlaqo kamchiliksiz emas. Agar bu jarayonda muammoli vaziyat chiqsa ikkinchi identifikatsiyalash jarayoni sifatida barmoq izlari solishtirib ko‘riladi. Shu tariqa “kalla”, “parovoz” deb ataluvchi usullarga chek qo‘yiladi.

    * * *

    Qashqadaryoning Kasbi tumanida IIB boshlig‘i fermerlarning sha’nini tahqirlaydigan harakatga qo‘l urdi. “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshev bu hodisani o‘rgandi. IIB boshlig‘i dala seminari tashkil qilgan (aslida seminarni qishloq xo‘jaligi mutaxassisi tashkil etadi va soha sirlari bo‘yicha ma’lumot almashiladi). Seminarga 20 nafar IIB xodimi keltirilgan, shuningdek, “zekovoz” mashina ham olib kelingan. “Seminar”da 11 nafar kishining qo‘liga kishan taqilgan va 50 daraja issiqda jazirama avtobusga qamab qo‘yilgan.

    “Daryo” mamlakatimizda qonun ustunligi va oshkoralik qaror topgunicha muammoli vaziyatlarni yoritaveradi. Kasbi voqeasi yechimini topgunicha OAV diqqat-e’tiborida bo‘ladi.

    * * *

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    26-iyul kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalq hayoti bilan yaqindan tanishish va avval berilgan topshiriqlar ijrosini ko‘zdan kechirish uchun Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi. Shavkat Mirziyoyev Samarqand xalqaro aeroportining o‘zidayoq mazkur aeroportni rivojlantirishga oid loyiha bilan tanishdi. Islom Karimov qabrini ziyorat qildi va Samarqand tumanidagi “Agromir” meva-sabzavotlarni qayta ishlash korxonasida bo‘ldi.

    * * *

    Toshkentda yangi aeroport terminali quriladi. Uni Shveysariya kompaniyasi bunyod etadi. Soatiga ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi. Yangi terminalning loyihasi Humo qushi shaklida ishlab chiqilgan bo‘lib, mutaxassislar terminalning funksional maqsadi, yaratiladigan sharoit va qulayliklarga alohida e’tibor qaratgan.

    Fotokollaj: “Daryo”

    Fotokollaj: “Daryo”

    Ta’kidlash lozimki, 2016-yilda yangi “Toshkent-4” xalqaro aeroporti Humo qushi ko‘rinishida bo‘lishi haqida xabar berilgan va inshoot maketi namoyish qilingandi (video). Biroq ushbu maket Humo qushidan ko‘ra kurakchani ko‘proq eslatardi. Bu hafta ko‘rsatilgan yangi chizmada esa Humo qushi tasviri yaqqol ko‘rinadi.

    “Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor bo‘ling.

    28.07.2019, 18:19   Izoh (0)   57990
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqanddagi to‘yda kitob tarqatildi

    28.07.2019, 18:05

    29-iyul kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

    28.07.2019, 17:35

    O‘zbekistonda “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” shiori ostida ommaviy tadbirlar o‘tkazildi

    28.07.2019, 17:05

    Toshkentda qishloq xo‘jaligi tarmoqlarini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

    28.07.2019, 17:02

    Qashqadaryoda 75 yoshli otaxon qo‘shmachilikka qo‘l urdi

    28.07.2019, 16:35

    Uchtepada xonadon tomi yonib, yong‘in qo‘shni uylarga ham o‘tdi (foto)

    28.07.2019, 16:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?

     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp Putinga Ukraina bilan hududlar almashinuvini muhokama qilishni taklif qiladi

    Dunyo | 7 avgust, 23:25

    “Deputat saylovchilar masalalarini ko‘tarib, har qanday darajadagi rahbarga ko‘ndalang qo‘yishi kerak” — Erkinjon Turdimov

    O‘zbekiston | 7 avgust, 23:16

    Google bepul AI repetitorni taqdim etdi

    Dunyo | 7 avgust, 23:10

    Elektr taʼminoti korxonalari xodimlari ham bodikamera bilan ishlashni boshladi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:55

    Buxoroda ota farzandlariga 128 mln so‘m alimentni to‘lamay yurgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:45

    Gana prezidenti samolyot halokatidan mo‘jiza tufayli omon qolgan — Ghanaweb

    Dunyo | 7 avgust, 22:30

    Google xakerlik hujumiga uchraganini tasdiqladi

    Dunyo | 7 avgust, 22:20

    Buxoroda tadbirkor 800 mln so‘mdan ortiq asossiz soliqqa tortildi

    O‘zbekiston | 7 avgust, 22:09
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.