Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida tadbirkor do‘konini buzmoqchi bo‘lgan hokim o‘rinbosariga benzin quyib yoqib yuborgani aks etgan video tarqaldi.

Unda “snos”ga tushgan yerda odamlar to‘plangani, buldozer rulida o‘tirgan shaxs birozdan so‘ng alanga olib yonib ketganini ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, voqea 20-iyul kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida sodir bo‘lgan. Tuman hokimi o‘rinbosari tadbirkorning kreditga qurilgan do‘konlarini buzmoqchi bo‘lgan. Bunga tumanning Yakkabog‘ “posyolka”sidan “Do‘ng qishloq”gacha bo‘lgan hudud “Obod qishloq” dasturi loyihasiga tushganligi sababli, yo‘l kengaytirilishi kerakligi sabab bo‘lgan.

Tadbirkor bunga qarshilik ko‘rsatgan. Chorasiz qolganidan so‘ng hokim o‘rinbosari ustiga benzin quyib uni yoqib yuborgan. Oqibatda u terining 30—40 foiz kuyishi jarohati bilan kasalxonaga yetkazilgan.

Holat yuzasidan Yakkabog‘ prokuraturasi tomonidan tadbirkorga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.