Moskva viloyatida istiqomat qiluvchi tojikistonlik ona-o‘g‘il 4 nafar O‘zbekiston fuqarosini dalasida quldek ishlatgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi viloyat boshqarmasi xabar berdi.
29 yashar yigit Serpuxov tumanidagi yeriga O‘zbekistondan 4 nafar erkakni olib keladi va 15 kunlik mehnat uchun 250 dollardan ish haqi va’da qiladi. Biroq yakunda ular nafaqat maoshsiz, balki pasportsiz ham qoldi: gumonlanuvchining 51 yashar onasi zarur hujjatlarni rasmiylashtirish bahonasida pasportlarini tortib oldi. Natijada ular faqat taom evaziga ishlashga majbur bo‘ladi.
O‘zbekiston fuqarolari bir oydan oshiq qishloq xo‘jaligi ishlari bilan mashg‘ul bo‘ladi, so‘ng politsiya bo‘limiga murojaat etishning uddasidan chiqadi.
Mazkur qilmishlari uchun ona-bola 10 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Tergovchilar ular bunday “hunarlari”ni oldin ham qo‘llaganini taxmin qilmoqda.
Izoh (0)