Ozarbayjon harbiy havo kuchlariga tegishli MiG-29 samolyoti mashq parvozi chog‘ida halokatga uchradi. Hozirda samolyotni izlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“24-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da Ozarbayjon harbiy havo kuchlariga tegishli MiG-29 samolyoti bilan aloqa to‘satdan yo‘qolib qoldi. Samolyot reja asosidagi o‘quv-mashq parvozlarini amalga oshirayotgan edi. U radarlardan yo‘qolib qoldi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, samolyot Kaspiy dengiziga qulagan”, — deyiladi xabarda.
Mamlakat mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda samolyotni izlash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, halokat sabablarini o‘rganish uchun maxsus komissiya ham tashkil etilgan.
Izoh (0)