Hindistonning Bixar va Jarkxand shtatlarida 23-iyuldan beri davom etayotgan momaqaldiroqli kuchli yomg‘ir oqibatida halok bo‘lganlar soni kamida 51 kishini tashkil etdi.
“TASS”ning yozishicha, ularning 39 nafari Bixarda, 12 nafari esa Jarkxandda halok bo‘lgan. Bundan tashqari yana bir necha odamlar jarohat olgan. Hukumat jabrlanganlar va halok bo‘lganlarning oila a’zolariga moddiy yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilgan.
Avvalroq yashin urishi oqibatida Hindiston shimolida joylashgan Uttar-Pradesh shtatida 32 kishi halok bo‘lgani va 13 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)