Gruziya poytaxti Tbilisida bir vaqtning o‘zida to‘rtta norozilik namoyishi o‘tkazilmoqda, deb xabar beradi Sputnik.
Poytaxt markaziy ko‘chasining o‘zida ikkita nozorilik aksiyasi o‘tkazilmoqda. Faollarning bir qismi Gruziya ichki ishlar vaziri Georgiy Gaxariyaning iste’fosini so‘rayotgan bo‘lsa, qolganlar bir jinslilar jamiyatiga qarshi chiqish qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun yo‘lni to‘sib qo‘ygan, biroq shunga qaramay ular orasida to‘qnashuvlar sodir bo‘lib turibdi.
Yana bir norozilik namoyishi “Rustavi 2” telekanalining ofisi yaqinida sodir bo‘lmoqda. Aksiya ishtirokchilari jurnalist Georgiy Gabuniyadan Rossiya prezidenti Vladimir Putinni haqorat qilgani uchun kechirim so‘rashni talab qilmoqda.
To‘rtinchi norozilik aksiyasi Tbilisi yaqinidagi IIV binosida o‘tkazilmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, gap avvalroq bekor qilingan “Iftixor paradi” haqida ketmoqda.
Izoh (0)