• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent yer usti metrosi uchun Rossiyadan keltiriladigan yangi poyezdlar haqida batafsil ma’lumot berildi

    Toshkent metropoliteni Rossiyadan keltiriladigan, vagonlari orasi ochiq bo‘lgan yangi poyezdlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

    Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”

    Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”

    Shu yilning aprel oyida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va Rossiyaning “Metrovagonmash” AJ o‘rtasida Toshkent shahridagi yer usti metropoliteni uchun harakatlanuvchi har biri 4 vagondan iborat 5 ta metro poyezdini xarid qilish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.

    Ayni paytda “Metrovagonmash” AJda mazkur beshta poyezddan dastlabki uchtasini tayyorlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Xususan, kuzov ishlari tugallangan, tortuvchi elektr uskunalari, pnevmatik uskunalari, videokuzatuv tizimini butlovchi qismlar bilan ta’minlash ishlari bajarilmoqda. Zamonaviy vagonlarni yetkazib berish yaqin kelajakda amalga oshiriladi.

    Poytaxt yer usti metropoliteni uchun vagonlar zavoddan o‘zgacha usulda bo‘yalgan holda chiqarilmoqda. Vagonlarning yon tarafi va eshiklari oq rangga bo‘yalgan. Butun harakat tarkibi bo‘ylab gorizontal ravishda O‘zbekiston milliy bayrog‘ining ranglari mujassam etgan chiziq tortilgan. Har bir harakat tarkibining boshida – oq va oxirida qizil tusli yoritish chiroqlari bor. Poyezdning tom qismi havorang tusda, old qismi esa qora rangga bo‘yalgan. Shuningdek, old qismida yo‘nalishni ko‘rsatuvchi elektron satr joylashgan bo‘lib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ramzi aks etgan.

    Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”

    Foto: “O‘zbekiston temir yo‘llari”

    81-765/766/767 seriyadagi metro vagonlari yangi texnik yechimlarga ega bo‘lib, elektr energiyasini 35 foizgacha tejaydi, uchinchi avloddagi sinxron tortuvchi dvigatelning qo‘llanilishi ekspluatatsiya xarajatlarini 40 foizgacha qisqartiradi. Yangi vagonlarning yana bir qator texnik imkoniyatlari va afzalliklariga quyidagilar kiradi:

    – vagonlar orasidagi germetik “garmoshka” ko‘rinishidagi o‘tish joylari yo‘lovchilar uchun poyezdning boshdan oxirigacha o‘tish imkonini beradi va bu bilan harakat tarkibining sig‘imini oshiradi;

    – yo‘lovchilar saloniga to‘rt tomondan avtomatik va ikki qavatli eshiklar o‘rnatilgan. Eshiklar 12 foizga kengaytirilgani yo‘lovchilarning tasodifan qisilib qolishi oldini oladi;

    – salondagi konditsioner isitish va shamollatishni ta’minlab turadi. Shuningdek, shiftda maxsus himoya qutilari ichida joylashgan va havoni ultrabinafsha lampalar yordamida zararsizlantirish tizimi qo‘llanilgan;

    – har bir vagon telekanallar translyatsiyasi imkoni bilan birga yo‘lovchilarga zamonaviy ma’lumot uzatish tizimi bilan ta’minlangan;

    – sostav vagonlari videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan, har bir vagonda shift kameralari, shuningdek, shoshilinch aloqa bloklari ustida ham kameralar bor, yong‘inni avtomatik payqash va o‘chirish tizimi ham mavjud;

    – mashinist kabinasida yo‘llar hamda harakatlanuvchi sostav vagonlari eshiklarini nazorat qiluvchi videokuzatuv tizimi monitori joylashgan.

    Yangi vagonlarini sotib olish bo‘yicha loyihani moliyalashtirish manbalari:

    - 10 yil muddatga berilgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtirilgan 22,14 mln. yevro miqdoridagi “Rivojlanish va tashqi iqtisodiy faoliyat banki” Davlat Korporatsiyasining (Rossiya Federatsiyasi) krediti;

    - O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 10 yil muddatga berilgan O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan qayta moliyalashtirilgan 5,535 mln. yevro miqdoridagi kredit;

    - O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti hisobidan 0,11 mln. yevro ekvivalentida ajratilgan mablag‘ loyihaga import qilinadigan tovarlarni bojxona rasmiylashtiruvi xarajatlarini qoplash uchun.

    09.07.2019, 18:25   Izoh (0)   27012
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jo‘rabek Mirzamahmudov: AES ishga tushgach Forish tumanidagi 2,5 ming kishi ish bilan ta’minlanadi

    09.07.2019, 18:21

    “Rosatom” vakili: Biz O‘zbekistonga AES qurish bo‘yicha dunyodagi eng mukammal va xavfsiz loyihani taklif etmoqdamiz

    09.07.2019, 18:10

    Yong‘in tufayli Sudochye ko‘liga ham va unga yaqin bo‘lgan hudud aholisiga ham zarar yetmagan

    09.07.2019, 17:52

    Qamashilik alimentdan qarzdor otaning 2 bosh oti xatlangach, qariyb 12 millionlik qarzini to‘lab berdi

    09.07.2019, 17:39

    Qashqadaryoda ikki Nexia to‘qnashishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

    09.07.2019, 17:28

    Amerikalik o‘zbeklarning farzandlari 20 kun davomida O‘zbekistonda mehmon bo‘ladi

    09.07.2019, 17:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Real” Konate uchun “Liverpul”ga taklif tayyorladi

    Sport | 14 avgust, 13:35

    Germaniya Isroilga harbiy suvosti kemasi yetkazib beradi

    Dunyo | 14 avgust, 13:27

    Mobiuz’ni sotib olishga AQSH, Yevropa, Arab davlatlari qiziqish bildirdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 13:09

    Tojikiston prezidentining qizi vazirlikda yuqori lavozimga tayinlandi — OAV

    Tojikiston | 14 avgust, 12:49

    Dunyoda birinchi marta is gazidan zaharlanishga qarshi preparat yaratildi

    Ilm-fan | 14 avgust, 12:17

    Charlz Oliveyra Topuriya va Arman Sarukyan o‘rtasidagi ehtimoliy jang favoriti kim ekanini aytdi

    Sport | 14 avgust, 12:11

    Din ishlari bo‘yicha qo‘mita diniy ta’lim olish uchun chet elga borishga da’vat etuvchi reklamalarga munosabat bildirdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 12:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.