Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi AQShdagi o‘zbekistonliklar bilan madaniy va ma’rifiy aloqalarni yo‘lga qo‘yish masalalarida qator amaliy ishlarni amalga oshirmoqda, deb xabar bermoqda qo‘mita matbuot xizmati.
Shu ishlar doirasida Chikago shahridagi “O‘zbek—Amerika assotsiatsiyasi” prezidenti Olim Sharipov rahbarligida bir guruh o‘zbekistonliklarning farzandlari 8-iyul kuni O‘zbekistonga tashrif buyurdi.
Ular 20 kun davomida O‘zbekistonda mehmon bo‘ladi, qarindoshlari bilan uchrashib, Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani “Yusufxona” qishlog‘idagi “Yoshlik” bolalar oromgohida yozgi ta’til mavsumida hordiq chiqarib dam oladi.
“O‘zbek—Amerika” jamiyati rahbari Olim Sharipov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib : “Jamiyatimiz Amerikada yashayotgan o‘zbek fuqarolari orasida ona tilimizni, madaniyatimizni, urf-odatlarimizni saqlash, bolalarimizni o‘zbekona ruhda tarbiyalash va amerikaliklarga O‘zbekistonni faqat yaxshi tomondan tanitish maqsadida tuzilgan”, — deb ta’kidlagan.
Izoh (0)