Amerikaliklarning qariyb yarmi prezident Donald Tramp egallab turgan lavozimini tark etishi lozim, degan fikrda. “Korrespondent.net”ning xabar berishicha, bu haqda Gallup ijtimoiy xizmati tomonidan 3-iyul kuni e’lon qilingan tadqiqot natijalarida ma’lum qilingan.
Tahlilchilarning ta’kidlashicha, tadqiqot ishtirokchilarining 45 foizi AQSh Kongressidagi ko‘plab demokratlarning davlat rahbariga impichment e’lon qilish taklifini qo‘llab-quvvatlamoqda. Bunda so‘roq qilinganlarning 53 foizi Trampni bu lavozimdan bo‘shatmaslik kerak, degan fikrda.
So‘rovnoma natijalarida partiyaviy tegishlilikka ko‘ra keskin ajaralish kuzatilgan. Xususan, Respublikachilar partiyasidan bo‘lganlarning 7 foizi, Demokratlar partiyasidan bo‘lganlarning 81 foizi Donald Trampga impichment e’lon qilish lozim deb hisoblamoqda.
Qayd etilishicha, 19-iyundan 30-iyungacha o‘tkazilgan ushbu so‘rovnomada 1018 nafar voyaga yetgan amerikaliklar ishtirok etgan.
Izoh (0)