Livan shimolida joylashgan Baxun shahridagi AYoQSh portlashi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi, yana 10 nafari turli darajada jarohatlandi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Qayd etilishicha, portlash ikki qavatli binoni vayron qilgan, uning birinchi qavatida AYoQSh bo‘lgan. Jabrlanganlarning bir nechatasi og‘ir ahvolda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, portlash zarbidan yaqin atrofda joylashgan bino va do‘konlar ham jiddiy zarar ko‘rgan.
O‘t ochiruvchilar portlashdan so‘ng yuzaga kelgan yong‘inni o‘chirishga erishgan. Hozirda favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Izoh (0)