Karib dengizining Gonduras qirg‘oqlarida omar (katta dengiz qisqichbaqalari) ovlash uchun mo‘ljallangan kema cho‘kib ketishi oqibatida 27 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RBK” xabar berdi.
Atlantika Tijorat baliqchiligi assotsiatsiyasi prezidenti Richard Bonilluning so‘zlariga ko‘ra, 9 kishi bedarak yo‘qolgan deb topilgani sababali qurbonlar soni ortishi mumkin.
Gonduras qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, hozirda kema bortida bo‘lgan 47 kishini qutqarishga erishilgan.
Mamlakat qurolli kuchlari vakili Xose Domingo Mezaning ma’lum qilishicha, halokatga kemaning noqulay ob-havo sharoitida ovga chiqqani sabab bo‘lgan. Uning aytishicha, bu voqeadan bir necha soat avval yana bir ov kemasi ham halokatga uchragan.
Izoh (0)