Kuvaytda 20-iyun kuni yangi jahon rekordi yangilanib, dunyoda qachonlardir qayd etilgan eng yuqori harorat — Selsiy bo‘yicha 63 daraja issiqlik kuzatildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Mahalliy OAV ma’lumotiga ko‘ra, 8-iyun kuni termometrlar salqin joyda 52,2 daraja issiqni, quyoshli joyda esa 63 daraja issiqni ko‘rsatgan. Bunday harorat tufayli kamida 5 kishi halok bo‘lgan va hukumat aholini tashqariga chiqmaslikka va ko‘proq suv ichishga chaqirmoqda.
Avvalgi temperatura rekordi Kaliforniyadagi O‘lim Vodiysida 1913-yilning 10-iyulida kuzatilgan bo‘lib, havo harorati 56,7 daraja issiq bo‘lgan.
21-iyun kuni 68 daraja issiq bo‘lish prognozi aholini xavotirga solmoqda.
Izoh (0)