Chimkent aholisi shaharni mutant-kalamushlar bosib ketganidan shikoyat qilmoqda. Yirik kemiruvchilar uylarga kirib, o‘nlab tovuqlarni g‘ajib tashlashgan ulgurgan, deb xabar beradi Tengrinews.
Chimkent tumanlaridan birining hovlilari xuddi golf maydoniga o‘xshab lunkalarga (teshiklar) to‘lib ketgan. Ulkan kalamushlar bu yerda o‘zini qulay his qilib, uylarga bostirib kirmoqda.
Kalamushlar tajovuzidan birinchi navbatda bog‘ va tomorqalar zarar ko‘rgan, shundan keyin kemiruvchilar uylar va omborlarga kira boshlagan. Hozirgacha ular mahalliy aholining uyiga kirib tuxumlarni o‘g‘irlab, o‘nlab tovuqlarini g‘ajib tashlagan.
“Aholi ommaviy axborot vositalarida to‘polon ko‘targanidan keyin, mutaxassislar hududni dezinfeksiya qilishga majbur bo‘ldi. Kimyoviy zaharlardan o‘lgan kalamushlar jasadi yoqib yuborilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)