Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili Moskvani mamlakatdagi holatni beqarorlashtirishda aybladi. Bu haqda u o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilgan.
“Mamlakat va jamiyatning ajralishi, shuningdek, ichki nizolar Rossiyadan boshqa hech kimga foyda keltirmaydi va bu uning eng ishonchli quroli”, — deb yozadi mamlakat rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning beshinchi kolonnasi hozirgi vaziyatda ochiq tajovuzdan ko‘ra xavfliroq.
Zurabishvilining ta’kidlashicha, Gruziya ichida sodir bo‘layotgan beqarorlikni yoqlayotganlar Rossiya siyosatini qo‘llab-quvvatlaydi va Kreml rejalarini amalga oshirishga ko‘maklashayotgan bo‘ladi. “Rossiya — bizning dushmanimiz va bosqinchi”, — deydi prezident.
Izoh (0)