Misr parlamenti Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning mamlakat sobiq prezidenti Muhammad Mursiyga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmagani yuzasidan Misr hukumatiga qaratilgan ayblovini rad etdi. “TASS”ning yozishicha, parlament vakili Saloh Hasbulloh buni mamlakat ichki ishlariga aralashish deb atagan.
Parlament vakili Erdo‘g‘on tutgan yo‘lni “Misr ichki ishlariga aralashuv”, deb atagan. U, shuningdek, “(Mursiy lavozimidan ag‘darilgan — tahr. iz.) 30-iyundagi inqilob Erdo‘g‘on va uning orzulariga qat’iy zarba bergan”ini aytgan va Turkiya prezidentini o‘z mamlakatida uning siyosatiga qarshi chiqqan barchani ta’qib qiladigan zolim va diktator deb atagan.
Avvalroq Turkiya prezidenti Erdo‘g‘on Mursiy o‘z o‘limiga ko‘ra vafot etmaganini, unga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatmasdan “o‘ldirilgan”ini aytgan. Uning ta’kidlashicha, Turkiya yaqinda o‘kaziladigan G-20 sammitida sobiq prezident o‘limini kun tartibiga qo‘yadi. Erdo‘g‘on “Misr hukumati xalqaro tribunalda javob berishi uchun zarur bo‘lgan barcha ishlarni amalga oshirish”ga va’da bergan.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad Mursiy Qohirada 17-iyun kuni sudda nutq so‘zlab bo‘lganidan keyin yurak xuruji oqibatida vafot etgan edi.
Izoh (0)