Yadro quroliga ega mamlakatlar atom quroli tizimini modernizatsiyalashtirmoqchi, deb xabar berdi “Exo Moskvi”. Shu bilan birga, Stokgolm dunyo muammolarini o‘rganish xalqaro instituti (SIPRI) hisobotida ularning umumiy soni kamaytirilishi aytilgan.
Yil boshida to‘qqizta yadro mamlakatlari — Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Fransiya, Hindiston, Pokiston, Isroil, KXDR umumiy hisobda qariyb 14 mingta yadro quroliga egalik qilgan.
Yadro arsenalining umumiy qisqarishiga, asosan, Rossiya va AQShning SNV-3 shartnomasi talablarini bajarishi hisobiga erishilgan.
Izoh (0)