16-iyun kuni Venesuelada sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi va yana 30 nafardan ortiq odam jarohat oldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Avtobus San-Kristobal shahridan Marakaybo tomon harakatlanayotganida uning shinasi yorilib ketgan. Shundan so‘ng avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilib tushgan.
Jarohat olganlar shifoxonaga yotqizilgan, voqea joyiga politsiya va qutqaruvchilar yetib kelgan.
Izoh (0)