AQSh sobiq vitse-prezidenti va Demokratlar partiyasi vakili Jo Bayden Fox News telekanali tomonidan tuzilgan navbatdagi saylovoldi reytingida prezident Donald Trampni ortda qoldirdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
AQSh prezidentligiga ehtimoliy nomzodlar o‘rtasidagi farq 10 foizni ( 49 foizga 39) tashkil etdi.
Boshqa demokratlarga solishtirganda ikkinchi o‘rinda Trampdan 9 foizga o‘tib ketgan Berni Sanders qayd etildi. Uchinchi o‘rinni 2 foiz farq bilan Elizabet Uorren egalladi.
Izoh (0)