Hindiston shimoli-sharqidagi Bixar shtatida joylashgan bir nechta tumanlarda jazirama tufayli kamida 70 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Shtatning ayrim tumanlaridagi havo harorati normal ko‘rsatkichdan 5 daraja Selsiyga ko‘tarilib ketdi. Sinoptiklarning taxminicha, jazirama yana bir necha kun davom etadi.
Hindiston meteorologik xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, Dehli, Rajasthon, va Uttar-Pradeshdagi havo harorati so‘nggi vaqtlarda 48 daraja Selsiyga qadar ko‘tarilgan bo‘lsa, ayrim tumanlarda 50,8 darajaga qadar yetgan.
Avvalroq, jazirama oqibatida halok bo‘lganlar soni 29 kishiga yetgani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)