Toshkentning Uchtepa tumanida yashovchi 17 yoshli V.F. ismli qiz 13-dahada yashovchi 38 yoshli Ye.Ye. ismli ayol xonadonida o‘g‘rilik qildi.
IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, qiz xonadonga kalit tanlash yo‘li bilan kirib, umumiy qiymati 9 200 dollar bo‘lgan 2 turdagi zargarlik buyumlari va Samsung telefonini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida V.F. ushlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)